Sirli Turkiston: Ahmad Yassaviy maqbarasiga sayohat

Sayohat insonga nafaqat mazmunli hordiq, yoqimli lahzalar taqdim etadi, balki tajriba va bilim, keng dunyoqarashga ham ega bo‘lish mumkin. Ayniqsa, qadimiy manzilgohlar sizni olis va ko‘hna tarix qa'riga olib kira oladi. Shunday ajoyib maskanlardan biri Qozog‘istonning Turkiston shahrida joylashgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy me'moriy majmuasidir. Bu yodgorlik sohibqiron Amir Temur buyrug‘iga asosan 1385–1405 yillarda qurilgan.
Ahmad Yassaviy maqbarasi (XII – XIV asrlar)
Tarixiy ma'lumotlarga ko‘ra, dastlab Yassaviy qabri ustida kichik maqbara qurilgan. Keyin Amir Temur tomonidan ulkan mahobatli maqbara majmui bunyod etilgan. Amir Temurning vafotidan so‘ng qurilish to‘xtab qolgan.





Balandligi qariyb 40 metr, jami 30ta xona va zallardan iborat.



Markaziy zal qozoq xonlari qarorgohi bo‘lgan. Zal markazida Toyqozon o‘rnatilgan.

Sig‘imi 3000 litr. Og‘irligi taxminan 2 tonna. Balandligi 1,62, diametri 2,42 metr. Qozon 7 xil turli metallar: oltin, kumush, temir, qo‘rg‘oshin, mis, rux va qalaydan yasalgan. Maqbara 2003 yili YuNeSKO umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Xilvatgoh (XII asr)






Sharq hammomi (XV-XVI asr)

Hammomning maqbara yaqinida qurilgani bejiz emas. Ziyoratga kelganlar avval hammomda poklanib, keyin ibodatga kirishgan. Bino tashqarisida so‘rilar joylashtirilgan bo‘lib, bu joy choyxo‘rlik qilib, suhbat qiladigan maskanga aylantirilgan.

Hammomda ayollar va erkaklar poklanishi uchun alohida kun belgilangan. Bino asosiy katta zal va unga tutash bir necha xonadan iborat. Katta zal markazida g‘ishtdan qurilgan so‘ri bor. Uning ustida suv solingan idishlar qo‘yilgan. Suv shunday isitilgan. Idishlar turli kattalikda bo‘lib, ular misdan yasalgan, chunki bu metall inson salomatligiga ijobiy ta'sir qilgan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, hammom nafaqat poklanish joyi, balki salomatlikni tiklash maskani ham bo‘lgan. Bu yerga dunyoning turli chekkalaridan tibbiyot bilimdonlari taklif etilgan va insonlar o‘z dardiga shifo topishgan ekan.
Majmuada, shuningdek, Ulug‘bekning qizi Robiya Sulton begim maqbarasi, Yesimxon maqbarasi qoldiqlari, Juma machiti joylashgan.

Ushbu tarixiy yodgorlikni ko‘rish uchun har yili dunyoning turli chekkalaridan bir millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.
Muhabbat Ma'mirova tayyorladi
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
Jahon | 11:08
-
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
Jamiyat | 10:49
-
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi
Jahon | 10:30
-
Mbappe «Real»dagi ilk qizilini oldi, Saloh rekord qo‘yishda davom etmoqda. Kun o‘yinlari
Sport | 10:27
Mavzuga oid

11:28 / 03.02.2025
Turkistonga eng ko‘p borganlar ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari birinchi o‘rinni egalladi

19:55 / 23.12.2024
Unutilgan qahramon. Milliy ozodlik harakati rahbari Madaminbek kim edi?

20:43 / 17.10.2024
Turkiston atamasi – etnik o‘zlik va mintaqaviy birlik ifodasi

12:10 / 16.10.2024