«Biz yutqazgan partiyalar tarafdorlari uyuştirayotgan zöravonlik va tajovuzni boşdan keçirayotganimiz oğriqlidir. Şu va boşqa sabablarga köra men iste'foga çiqmoqdaman va bu haqidagi tegişli maktubni Boliviya parlamentiga jönatmoqdaman», deb aytgan Morales matbuot anjumanda. 

Morales mamlakatda yuz berayotgan tartibsizliklar tezda töxtaşiga umid bildirgan. U, şuningdek, mamlakatda zöravonlik avj olmasligi tufayli iste'foga çiqqanini ma'lum qilgan.  

U yuzaga kelgan vaziyatni davlat töntaruvi deb atagan.

«Aka-uka, opa-singillar. Şuni aytmoqçimanki, bizning kuraş töxtamaydi, biz tenglik va tinçlik uçun kuraşni davom ettiramiz. Hozir prezident sifatidagi vazifam vaziyatni tinçlantiriş yölini topişdan iborat», deb qöşimça qilgan u. 

Morales, şuningdek, mamlakatni tark etmasligini aytgan. «Men Boliviyani tark etmayman. Mening qoçişim uçun asos yöq», deya ta'kidlab ötgan Morales.

Ommaviy namoyişlar 20 oktabr kuni ötkazilgan saylovlar natijalari norozilik uyğotişi ortidan boşlangandi.

Saylovda Morales 41,7 foiz ovoz olgan, uning asosiy raqibi, sobiq prezident Karlos Mesa esa 36,51 foiz ovoz olgandi. 

Morales birinçi turda ğalaba qozongani va törtinçi muddatga prezident bölişga haqli ekanini ta'kidlagandi.

Bu 2016 yilgi referendum natijalariga ham zid bölib, öşanda xalq uning törtinçi marta prezidentlikka saylanişiga qarşilik bildirgandi.

Yakşanba kuni xalqaro kuzatuvçilar prezidentlik saylovida qoidabuzarliklar bölganini ma'lum qildi. Amerika davlatlari taşkiloti vakillari soxta imzolar va natijalarning ommaviy manipulyatsiyasi holatlari aniqlanganini qayd etişgan.

Şundan söng toğ sanoati vaziri va parlamentning quyi palatasi spikeri kabi nufuzli amaldorlar iste'foga çiqişdi, ular Moralesning asosiy ittifoqçilari sanalişardi, Boş prokuratura esa respublika Oliy Saylov tribunali harakatlari yuzasidan tekşiruv boşlanişini ma'lum qildi.

Prezident saylovlar qayta ötkazilişini ma'lum qilib, saylov organi tarkibini almaştirdi, ammo namoyişçilar bunga rozi bölişmadi, bir neça soat ötib, armiya va politsiya rahbarlari talabidan keyin prezident davlat telekanali orqali murojaat bilan çiqib, öz iste'fosini e'lon qildi.

Morales mamlakatni 14 yildan oşiq vaqt davomida boşqardi, u respublika tarixidani hindulardan çiqqan ilk prezident bölgandi.

Kuba Moralesni qöllab-quvvatlab, uning ketişini davlat töntaruvi deb atagan. Meksika hukumati ham Moralesga Boliviya poytaxti La-Pasdagi elçixonasida boşpana berişga tayyorligini ma'lum qilgan. 

Boliviya konstitutsiyasiga köra, prezident öz lavozimidan ketgaç uning majburiyatlari dastlab vitse-prezidentga, söngra senat spikeriga, undan keyin deputatlar palatasi spikeriga ötadi. Biroq ularning barçasi mamlakatni boşqarişdan boş tortişgan.

Boliviya senatining ikkinçi vitse-spikeri, muxolifat vakili Janin Anes oliy hokimiyat mamlakat rahbariyati iste'fosidan keyin unga ötişini e'lon qilgan.

Pagina 7 naşrining yozişiça, Moralesning samolyoti Argentina böylab parvoz rejasini söragan. Ta'kidlanişiça, Moralesning ukasi El-Alto aeroportidan uçib ketgan.