Qiymati ikki million AQŞ dollariga teng bölgan qöşma loyihaning asosiy e'tibori mamlakatdagi ijtimoiy jihatdan eng zaif bölgan insonlarga qaratiladi

Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov hamda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining mamlakatdagi doimiy vakili Helena Freyzer ijtimoiy himoya böyiça qöşma loyihani amalga oşiriş töğrisidagi şartnomani imzoladi.

Özbekistondagi BMT vakilligi xabariga köra, mazkur hujjat heç kimni e'tibordan çetda qoldirmaslik maqsadida aholining ijtimoiy jihatdan eng zaif bölgan qatlamlariga ijtimoiy yordam körsatiş borasidagi ustuvor yönalişlarni belgilab beradi.  

Sönggi yillarda Özbekiston yillik yalpi içki mahsulotining 6-9 foizini ijtimoiy himoya xizmatlariga yönaltirib kelmoqda. Şunga qaramay, tizimda uning samaradorligiga salbiy ta'sir körsatuvçi tösiqlar mavjud. Masalan, ijtimoiy himoya vazifalari hozirgi kunda bir neçta vazirliklar va idoralar zimmasida bölib,  tarqoq holdadir. Bu esa, himoyaga muhtoj insonlar va oilalarni tang vaziyatlardan çiqariş uçun zarur böladigan umumiy qaraşlar va kompleks yondaşuvlar yöqligiga olib keladi.

Dunyo tajribasiga köra, mamlakatda davom etayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ba'zi ijtimoiy jihatdan zaif aholi qatlamlari uçun qisqa muddatli kuçli ta'sirni yuzaga keltirişi mumkin. Şu bois bunday insonlarga kuçli ijtimoiy himoya tizimi orqali yordam körsatiş zarur.  

BMT hamda Özbekiston hukumati mamlakatning ijtimoiy himoya tizimini isloh qiliş dasturini birgalikda amalga oşirişga kelişdi. Dasturning maqsadi yuqori sifatli ijtimoiy himoya xizmatlari barça insonlar uçun butun umrlari davomida körsatilişini ta'minlaşdan iborat. Dastur asosiy e'tiborni quyidagi uçta ustuvor yönalişlarga qaratadi:

ijtimoiy himoya böyiça yagona davlat organini taşkil etiş orqali ijtimoiy himoya vazifalari turli vazirliklar va idoralar örtasida tarqoq holda ekanligi muammosini hal qiliş;

xalqaro standartlarga mos ravişda keng qamrovli milliy ijtimoiy himoya strategiyasini işlab çiqiş. Mazkur jarayon ijtimoiy himoya tuşunçasini xayriyaga asoslangan yondaşuvdan inson huquqlariga asoslangan yondaşuv sifatida anglaşga ötkazişga urğu berişi közda tutilgan;

nogironligi bölgan insonlarga ijtimoiy himoyani taqdim etişda “nafaqalar + xizmatlar” integrallaşgan yondaşuvini sinov tariqasida amalga oşiriş. Qöşma dastur Nogironligi bölgan insonlar huquqlari töğrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qiliş hamda Faoliyatning xalqaro klassifikatsiyasini joriy etiş orqali nogironligi bölgan insonlarning huquqlarini yanada kengroq ta'minlaş va ularning hayotlarini sezilarli darajada yaxşilaşga e'tibor qaratadi.

Umumiy qiymati ikki million AQŞ dollariga teng bölgan qöşma dastur BMT tomonidan moliyalaştiriluvçi 24 ta muvaffaqiyatli loyihalardan biri bölib, ularni tanlaş jarayonida jami 114 ta taklif örganib çiqildi. Qöşma dastur keyingi ikki yil davomida amalga oşiriladi.

Qöşma dastur Vazirlar Mahkamasi, Boş prokuratura, turli vazirliklar hamda fuqarolik jamiyati taşkilotlari bilan birgalikda amalga oşirilişi közda tutilgan. BMTning uçta agentligi – Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT), BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va BMT Bolalar jamğarmasi (YUNISEF) uşbu loyihaning amalga oşirilişida kömak beradi.