Visual Capitalist tayyorlagan infografikada davlatlarning BMT tizimiga ajratgan mablağlari taqqoslangan. Maʼlumotlar BMT tizimi rahbarlarining muvofiqlaştiriş kengaşi - CEB hisobotlariga asoslangan.

Yevropaning yetakçi donorlar orasidagi iştiroki bilan birga, ayrim nisbatan kiçik iqtisodiyotlarning hissasi ham eʼtiborga molik. Jumladan, Şvetsiya, Norvegiya va Niderlandiya iqtisodiyoti ança yirik bölgan ayrim davlatlardan köproq mablağ ajratgan.

Majburiy va ixtiyoriy badallar

BMT davlatlar ajratadigan mablağlar hisobidan tinçlikparvarlik amaliyotlari, gumanitar yordam va boşqa dasturlarni moliyalaştiradi. Bu mablağlar ikki asosiy turga - majburiy va ixtiyoriy badallarga bölinadi.

Majburiy badallar mamlakatning tölov qobiliyatiga qarab hisoblanadi. Bunda yalpi milliy daromad, qarz yuki va aholi jon boşiga daromad kabi körsatkiçlar inobatga olinadi.

BMTning muntazam byudjeti uçun bir davlatning majburiy badaliga 22 foizlik yuqori çegara belgilangan. AQŞning uşbu byudjetdagi uluşi şu maksimal darajaga teng. Bu körsatkiç BMT tizimiga ajratiladigan barça mablağlarning 22 foizi degani emas.

Tinçlikparvarlik amaliyotlarini moliyalaştirişda alohida formula qöllanadi. U BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy aʼzolari uçun yuqoriroq stavkalarni nazarda tutadi. AQŞ qonunçiligi esa, odatda, mamlakatning bunday amaliyotlar xarajatlaridagi uluşini 25 foiz bilan çeklaydi.

Ixtiyoriy badallarga bu çeklovlar tatbiq etilmaydi. Davlatlar ular orqali BMT Bolalar jamğarmasi - YUNISEF, Jahon oziq-ovqat dasturi va boşqa tuzilmalarning muayyan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaydi.

Köproq mablağ köproq ovoz bermaydi

Davlatning moliyaviy hissasi BMT Boş Assambleyasidagi ovozlar sonini özgartirmaydi. Har bir aʼzo mamlakat qança mablağ ajratişidan qatʼi nazar, bitta ovozga ega.

Xavfsizlik Kengaşining beş doimiy aʼzosi esa veto huquqiga ega bölib, bu ularga qarorlar qabul qilinişiga taʼsir körsatişning alohida mexanizmini beradi.

Şu bilan birga, davlatlar ixtiyoriy mablağlarini aniq dasturlarga yönaltirişi mumkin. Bu qaysi gumanitar taşabbuslar va rivojlaniş loyihalari moliyaviy kömak olişiga taʼsir qiladi.