O'zlitineftgaz AJda Schlumberger Oilfield Eastern Limited kompaniyasi bilan maxfiylik töğrisidagi bitimni va hamjihatlik töğrisidagi memorandumni imzolaş borasida uçraşuv bölib ötdi.
«Özbekneftgaz» xabariga köra, uşbu hamkorlik aloqalarini örnatişdan maqsad Özbekistonda yangi va mavjud konlarda qazib çiqarişni qidiriş, işlab çiqiş va optimallaş doirasida texnologik hamkorlik böyiça imkoniyatlarni joriy qiliş, şuningdek amaldagi qonunçilikka muvofiq loyihalarni kelişişdan iborat.
Şu bilan birga, tomonlar kelişuvi doirasida işlab çiqariş quvvati va texnik vositalar, özaro manfaatli loyihalarni sotiş tadbirlarida ularning işlanmalariga, texnologiya, nou-xau va hokazolarga tegişli körsatmalarda mavjud bölgan mehnat va moliyaviy manbalar jalb qilinadi.
Uşbu uçraşuv doirasida Schlumberger Oilfield Eastern Limited va O'zlitineftgaz AJ Hamjihatlik töğrisidagi memorandumni imzoladi.
Ötkazilgan muzokaralar natijasida tomonlar konlar geologiyasi va geofizikasi, uglerod xomaşyosi konlarini işlab çiqiş, neft, gaz kondensati va gazni qazib çiqariş, tayyorlaş, qayta işlaş va taşiş, gazni, magistral gaz quvurlarini yer ostida saqlaş, şuningdek «Raqamli konlar»ni öz içiga olgan konsepsiya doirasida hamda Özbekiston Respublikasi hududidagi neft-gaz kompaniyalari uçun servis xizmatlar körsatişda boşqa ilmiy-texnologik hamkorlikni örnatiş doirasida texnologik hamkorlik yuritiş yuzasidan kelişib oldilar.
Bunday hamkorlik kelgusida kompaniyalar örtasidagi korporativ munosabatlar mustahkamlanişi va ikki taraflama tajriba ortişi hamda strategik loyihalarni kengaytirişga oid imkoniyatlarning ösişiga olib keladi.












