Kun.uz milliy jamoa va «Rostov»dagi öyinlari bilan muxlislarni xursand qilayotgan Eldor Şomurodovning Rossiyada qanday yaşayotgani haqida muxlislarga töliqroq ma'lumot beriş uçun u yaşayotgan Rostov şahriga bordi. Rossiya janubidagi havosi xuddi Özbekistonnikiga öxşaydigan Rostov safari davomida Eldor iştirokidagi uçta öyinni stadionda tomoşa qilişga muvaffaq böldik.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
«Rostov» — «Soçi», «Spartak» — «Rostov» va «Krasnodar» — «Rostov» öyinlarida hamyurtimizning harakatlari haqida ma'lumotlar berdik. «Soçi»ga qarşi öyindan söng Eldorning uyida mehmon bölib, undan intervyu oldik. Bugun suhbatning videosini e'tiboringizga havola qilamiz.
Avvalo Eldor Rostovda qanday yaşayotgani haqida. Hujumçimiz Rostov markazidagi köp qavatli uyda ijarada yaşaydi. Eldorning aytişiça, qozoğistonlik Baxtiyor Zaynuddinov kelganidan söng köp vaqtini u bilan ötkazmoqda. 1998 yilda tuğilgan Baxtiyor juda kirişimli yigit çiqib qoldi va maşğulotdan söng bizni bilyard öynagani taklif qildi. Eldor va Baxtiyor bilan bilyard öynagani bordik. U yerda ham Şomurodov köplab muxlislar bilan suratga tuşişga ulgurdi. Uni şahar köçalarida doim şunday qarşilaşlariga guvoh böldik.
Bilyard öyinida futbolçilar jamoasi biz jurnalistlar jamoasiga heç qanday imkoniyat qoldirmaganini tan oliş kerak. Baxtiyor ham aynan Eldor yaşaydigan köp qavatli uyda istiqomat qilarkan. Eldor suhbat davomida Mamayev ham şu atrofda yaşaşini aytdi. Suhbat tugagaç, hovliga çiqdik va u yerdagi bolalar «Ana Mamayev» deb uzoqdagi örindiqda yolğiz ötirgan yigitni körsatişdi. Uning oldiga borib salomlaşdik. Aytişiça, yangi yildan söng maydonga tuşişni boşlaydi. Yaqinda jazoni ötaş koloniyasidan çiqqan Paşaga eng yomon kuni şu bölganini aytib, unga omad tiladik.

Eldor şaharda oddiy odamlar kabi taksida yurarkan. Hozirça maşinasi yöqligini aytgan hujumçining gaplaridan maşinaga qiziqişi katta emasligini ham fahmlaş mumkin edi.
Eldor klubdagi muhit haqida gapirar ekan «Rostov»da hammasi ajoyibligini aytdi: «Ötgan mavsumda ham yomon öynamadik, lekin köp oçko yöqotib, yuqori örinlarda qololmadik. Şunday bölsa-da, jamoada muhit özgarmadi. Bizda Yeryomenko, Popov, Sigurdson kabi yetakçilar bor».
Suhbat davomida Eldor Karpin haqida iliq fikrlar aytdi: «Karpinning qanday futbolçi bölganini hamma biladi. U bilan işlaş oson. Karpin öyinlarga tayyorlaniş vaqtida ruhiyatga köp narsa boğliqligini aytadi. Bu raqibni yenga olaman, deb odam özini işontirişi kerak deydi».
Eldorning Vadim Abramov haqidagi fikrlari bilan ham qiziqdik: «Abramov bilan milliy jamoada ilk marta işlayapman. Uning yaxşi murabbiy ekani gaplaridan ma'lum».
Şomurodov futbolga qanday kirib kelganini hikoya qilar ekan «Maş'al» haqida tölqinlanib gapirdi: «Futbol öynaşni özim tuğilgan Jarqörğonda boşlaganman. Öşa vaqtda mahallalar örtasida musobaqa bölardi. U yerda mening öyinimni körgan Georgiy Viktoroviç degan seleksioner dadamga meni «Maş'al»ga olib borişni taklif qilgan. Keyin akam bilan normativ topşirgani borganmiz. U vaqtda akademiyada şuğullanadigan men tengi 1995 yilda tuğilgan bolalar yöqligi uçun 1994 yilda tuğilgan bolalar bilan şuğullanganman.

Bahrom Vafoyev xotirasiga bağişlab ötkazilgan musobaqada ikkita öyinda qatnaşdim va murabbiylar Otajon Avezov va Bahodir Şaymardonovlar meni olib qolişgan. Keyinçalik Dilşod Annayev murabbiyligida özimiz tengi bolalar guruhi oçilib, öşa guruhga ötganman.
«Maş'al»da professionallik kuçli edi. U yerda biz boşqa maktabga qatnardik, ammo akademiyada ham ingliz tili, informatika fanlaridan qöşimça darslar bölardi. Akademiyada şaroitlar juda zör edi. Menimça, öşa vaqt «Maş'al»dagi şaroit Özbekistondagi heç bir akademiyada bölmagan».
Şomurodovning aytişiça, unga «Bunyodkor»dan taşqari «Paxtakor» va «Nasaf»dan ham taklif bölgan. Hujumçi Özbekiston yoşlar jamoasida Sergey Luşçan bilan birga işlagani uçun «Bunyodkor»ni tanlaganini aytdi.
Hujumçi milliy jamoadagi döstlari Doston Hamdamov va Otabek Şukurovlar bilan bir-birini yaxşi tuşunişlari haqida ham gapirdi: «Ha, Doston bilan maydonda bir-birimizni yaxşi tuşunamiz. Balki u bilan köp birga öynaganimiz uçundir. Otabek haqida gapiradigan bölsam, u jamoani har qanday holatda yetaklay oladi».
Ötkir Jalolxonov, Muhammadjon Ğaniyev.
Kun.uz muxbirlari












