FIFAning Hyundai Goal of the Tournament mukofoti uçun ötkazilgan ovoz beriş yakunlariga köra, birinçi örin Kabo-Verde terma jamoasi himoyaçisi Sidni Lopeş Kabralga nasib etdi. U 1/16 final bosqiçida Argentinaga qarşi bahsda kiritgan goli bilan ğolib deb topildi.

Eldor Şomurodovning Kongo Demokratik Respublikasiga qarşi guruh bosqiçida ötkir burçakdan urgan aniq zarbasi esa ikkinçi eng yaxşi gol sifatida e’tirof etildi. Uşbu gol avvalroq FIFAning guruh bosqiçidagi eng yaxşi goli böyiça ovoz berişida 36 foiz ovoz töplab, ğolib çiqqan edi.

FIFA final ovoz berişida iştirokçilar örtasidagi aniq ovozlar taqsimotini ma’lum qilmadi. Uçinçi örinni esa Haiti terma jamoasi futbolçisi Vilson Izidorning goli egalladi.