Köçadagi içimlik suvi quvuri yorilib, suv töxtovsiz sizib çiqmoqda. Aholi Buxoro şahar «Suvoqova» korxonasiga bir neça marta murojaat qilgan. Ammo bu murojaatlarni mutasaddilar e'tiborsiz qoldirib kelişmoqda.

Suv — bebaho boyligimizdir. Içimlik suvining har bir tomçisini asrab-avaylaş har birimizning insoniylik burçimizdir. Buxoroda toza içimlik suvini yetkazişning özi bir muammo bölib turgan çoğda, suvdan bunday xöjasizlarça foydalanişga jim qarab turib bölmaydi.

Albatta, muammoga befarq bölmagan aholi vakillarining murojaatlari juda örinli, biroq mutasaddilar uni bartaraf etişga şoşmayotgani qiziq.