Qayd qilinişiça, zavodda joriy yilning töqqiz oyida 1,36 million tonna, qiymati 12,1 trillion söm bölgan neft mahsulotlari işlab çiqarildi. Mahsulot hamda xizmatlar eksporti 99,5 million dollarni taşkil etdi. Yil yakunigaça bu körsatkiçni 116 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Davlat rahbariga taqdim etilgan modernizatsiya loyihasi xomaşyoni qayta işlaş hajmini oşiriş bilan birga yuqori oktanli benzin işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan. Loyihaning umumiy qiymati 328 million dollarni taşkil etadi.
Uning doirasida naftani gidrotozalaş va izomerizatsiya qiliş qurilmalari örnatiladi. Gidrotozalaş jarayonida xomaşyo tarkibidagi oltingugurt va boşqa aralaşmalar kamaytiriladi. Izomerizatsiya esa yengil fraksiyalardan olinadigan benzinning oktan sonini oşiriş imkonini beradi. Mazkur jarayonlar Yevro-5 talablariga javob beradigan AI-92 va AI-95 rusumli benzin işlab çiqarişni köpaytiriş uçun muhimdir.
Loyihada xomaşyoni fraksiyalarga ajratiş va oğir qoldiqlarni çuqur qayta işlaşni takomillaştiriş ham nazarda tutilgan. Natijada zavodning yillik qayta işlaş quvvatiga yana 2,5 million tonna qöşilib, umumiy quvvat 5 million tonnaga yetadi. Qayta işlaş hajmi va tayyor mahsulot işlab çiqarişning ortişi içki bozor taʼminotini mustahkamlaş, eksportni köpaytiriş imkonini yaratadi.
Prezident modernizatsiya işlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan bajariş, yangi qurilmalarni mavjud işlab çiqariş jarayonlariga uyğun holda joriy etiş hamda korxonaning barqaror faoliyatini taʼminlaş yuzasidan körsatmalar berdi hamda loyihada iştirok etayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muloqot qildi.












