Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni bunyodkorlik işlarining borişi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişiş uçun Buxoro viloyatiga bordi.

Taşrif Kogon tumanida joylaşgan Bahouddin Naqşband maqbarasi ziyoratidan boşlandi. Bu yerda Qurʼon tilovat qilinib, xalqimizga tinçlik va farovonlik tilab, duo qilindi.

Xoja Muhammad Bahouddin Naqşband XIV asrda yaşab ötgan buyuk alloma, tasavvufdagi naqşbandiya tariqatining asosçisidir. Uning maqbarasi atrofida asrlar davomida şakllangan meʼmoriy majmua bugun ham islom olamidagi eʼzozli ziyoratgohlardan biri hisoblanadi.

Har kuni örtaça 15 mingga yaqin kişi ziyorat qilayotgan Bahouddin Naqşband meʼmoriy majmuasi “Ipak yöli: Zarafşon – Qoraqum koridori” tarkibida YuNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.

Sönggi yillarda majmuaning tarixiy qiyofasini asraş va ziyoratçilarga qulaylik yaratiş böyiça işlar olib borildi. XV asr çizmalari asosida “Doniyolbiy otaliq” madrasasi va “Toqi miyona” darvozasi taʼmirlandi, muzey ekspozitsiyasi hamda ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etildi.

Prezident Buxoro asrlar davomida maʼrifatli islom taraqqiyotida muhim örin tutib kelganini taʼkidladi. Bu boy maʼnaviy merosni çuqur örganiş va undan yoşlar tarbiyasida samarali foydalaniş, ularni ilm-maʼrifatga undaş zarurligini qayd etdi.

– Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy bobolarimiz nomi bilan boğliq majmualar – bularning barçasi bir maqsadga xizmat qiladi: buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini davom ettiriş va yoşlarimizni şu ruhda tarbiyalaş, – dedi davlat rahbari.