Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida yangi obyektlarni işga tuşiriş va istiqbolli loyihalar qurilişiga start beriş marosimida iştirok etdi.
Davlat rahbari sönggi töqqiz yilda viloyatga 9,5 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilinib, 6 mingdan ortiq yangi işlab çiqariş quvvati va 120 mingta doimiy iş örni yaratilganini qayd etdi. Bu natijalar odamlarning bandligi va daromadi oşişi, mahalliy korxonalarning yangi bozorlarga çiqişida öz ifodasini topmoqda.
– Bugungi Buxoro buyuk tarixdan yangi taraqqiyot va muhtaşam loyihalar davriga şiddat bilan yuzlanmoqda, – dedi prezident.
Neft-kimyo, töqimaçilik, quriliş materiallari, maşinasozlik, energetika, toğ-kon sanoati, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar, logistika, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, uy-joy qurilişi, infratuzilma, xizmat körsatiş va turizm sohalarida umumiy qiymati 7,8 milliard dollar bölgan 145 ta loyihadan iborat dastur şakllantirilgan. Şundan 654 million dollarlik 55 ta loyiha işga tuşirilmoqda, qiymati 7,1 milliard dollar bölgan yana 90 tasining qurilişi boşlanmoqda.
Loyihalarda AQŞ, Kanada, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Xitoy, Vyetnam, Turkiya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Hindiston investorlari, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki hamda mahalliy tadbirkorlar iştirok etmoqda.
Ularning amalga oşirilişi natijasida 14 mingdan ortiq iş örni yaratilişi, yiliga 22 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilişi va 510 million dollarlik eksport imkoniyati paydo bölişi kutilmoqda.
– Maqsad bitta – import örnini bosadigan va taşqi bozorlarda talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqariş, – dedi davlat rahbari.
Viloyatda energetika sohasida ham yirik quvvatlar barpo etilmoqda. Sönggi yillarda “yaşil” energetikaga 2 milliard dollar jalb qilinib, 1 ming megavatt şamol va 750 megavatt quyoş elektr stansiyalari, şuningdek, 63 megavattli energiya saqlaş tizimlari işga tuşirildi. 601 kilometr magistral elektr tarmoği tortildi.
Ğijduvonda “ACWA” kompaniyasi bilan 300 megavattli “Boş-2” şamol elektr stansiyasi, Jondorda “Toyota Corporation” va Peşkuda “Sinoma” kompaniyalari iştirokida umumiy quvvati 1 ming megavatt bölgan şamol elektr stansiyalarining qurilişi davom etmoqda. Xitoylik hamkorlar bilan Kogon tumanida maişiy çiqindilardan elektr energiyasi olişga qaratilgan 165 million dollarlik loyihani amalga oşiriş, Germaniyaning “Leman” kompaniyasi bilan esa “Amu-Buxoro” kanali nasos stansiyalarining barqaror işlaşini taʼminlaş böyiça 150 million dollarlik loyihani yölga qöyiş rejalaştirilgan.












