Qarşi şahrida yaşovçi tadbirkorning mulkini şahar hokimi qaror çiqarib zaxiraga olgan, oradan köp ötmay şu mulkni boşqa tadbirkorga berib yuborgan. Kompensatsiyasiz, örniga yer berilmasdan va boşqa kelişuvlarsiz. Tadbirkor sudga berib yutib çiqqan va mulkini qaytarib olgan. Keyin yana sud, yana qaror va yana sud... Bu işlardan çarçagan tadbirkor ikkinçi marta tahririyatga murojaat qildi.

Qarşi şahar hokimining 2017 yil 14 apreldagi X-843/4-sonli qarori Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi PQ–2853-sonli «2017–2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qiliş va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari quriş dasturini tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga muvofiq çiqarilgan. Yanada aniqroği, şahar hokimi qarorida prezident qarorining 17-bandi notöğri talqin etilgan holda tadbirkorning qonuniy mulki boşqa tadbirkor – «Yerqörğon dehqon (oziq-ovqat) bozori» AJ tasarrufiga ötkazilişi belgilangan. Ana şu nomuvofiqlik, notöğri talqin 2018 yil 7 yanvarda Kun.uz’da e'lon qilingan «Qarşi şahar hokimligi bir tadbirkorni çirqiratmoqda — bu nima, fidoyilik yo reyderlik?» sarlavhali maqolada har tomonlama örganilib, tahlil etilgan edi.

Masalaning yana bir tomoni öquvçini ayniqsa sergak torttiradi: Prezident qarorida dehqon bozorlarda tutaş hududlarda joylaşgan avtotransport vositalarini vaqtinça saqlaş uşbu dehqon bozorlariga ötkaziladi va keyinçalik ular faoliyatidan tuşgan pul tuşumlari dehqon bozorlarining soliq solinadigan daromadlari tarkibiga kiritiladi hamda uşbu mablağlarning 50 foizi mahalliy budjetlarga yönaltiriladi, deb körsatilgan.

E'tibor bering, şunday bölgani holda şahar hokimi I.Panjiyevga tegişli «Asilbek Ziyoda» SIÇKga tegişli yer maydonini prezidentning yuqoridagi qaroriga asosan olib qöyib, oradan 7 kun ötgaç, Prezident qarori talablarini qöpol ravişda buzib, boşqa tadbirkor «NBU BUNYODKOR INVEST» MÇJga ajratib bergan. Agar hokimlik prezident qarorini rökaç qilib tadbirkorning mulkini olib qöygan bölsa, nima sababdan yer yana boşqa tadbirkorga berib yuborilgan?

Oradan bir yil ötib sud Qarşi şahar hokimi qarorining tadbirkorga oid qismini haqiqiy emas, deb topdi. Ammo şu bilan ham tadbirkorning muammolariga çek qöyilmadi. Hali hokimlik, hali tadbirkor turli yangi holatlar bilan sudlarga murojaat qilmoqda va hali beri tadbirkor tinçgina öz işini qiladiganga ham öxşamayapti.

Umuman, bu böyiça sud işlari 2017 yildan hozirgi vaqtga qadar jami 10 marta bölib ötgan, şundan 5 marta Qaşqadaryo viloyat va şahar ma'muriy sudlari, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarining va Özbekiston Respublikasi Oliy sudi va yana Muborak tuman ma'muriy sudiga birinçi instansiya sudiga işni yangidan körib çiqiş uçun yuborilgan sud, yana qaror va yana sud...

Joyida örganiş natijalariga köra Qaşqadaryo viloyat va şahar ma'muriy sudlari tadbirkorning manfaatiga zid ravişda, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari ma'muriy sudlari va hatto Özbekiston Respublikasi Oliy sudi ham uning qonuniy talablari töğriligidan kelib çiqib tadbirkor manfaatiga hal qilgan.

Qaşqadaryo viloyat va şahar ma'muriy sudlarining qarorlari töğrimi yoki Buxoro, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari ma'muriy sudlari va Özbekiston Respublikasi Oliy sudining qarorlari qonuniymi?

Qaşqadaryo ma'muriy sudi çiqargan qarorlarini bir emas, ikki emas, uç viloyat va Oliy sud rad etib turganida iş yana birinçi instansiyaga qaytarib yuborilmoqda. Bu ketişda iş hali beri tugamaydigan, tadbirkor özi işini davom ettiriş örniga bir umr sudlaşadigan körinadi.

Darvoqe, Surxondaryo viloyat ma'muriy sudi ham tadbirkor foydasiga qaror çiqargan edi. Mazkur qarorining ijrosini ta'minlaş örniga, Qarşi şahar hokimligi yana tadbirkor manfaatiga zid ravişda qaror çiqarib yuborgan.

Asosiy muammo şundaki, Qarşi şahar hokimining mulkni boşqa tadbirkorga berib yuborgan qarorlari bekor qilinganiga qaramasdan, sudlarda tadbirkor yutib çiqqan bölsa-da Qarşi şahar kadastr korxonasi hali hamon I.Panjiyevga tegişli mulkning kadastr hujjatlarini berişdan boş tortib kelmoqda. Sud işlari esa yuqorida aytilganidek, tugamayapti.

Qiziği şundaki, ayni vaqtda sud ajrimlariga köra tadbirkor I.Panjiyev haq. Ammo «Yermulkkadastr» korxonasi tomonidan Qarşi şahar «Yermulkkadastr» filialiga rasmiy xat yuborilgan bölsa ham şahar filiali bu işni amalga oşirmayapti (quyi organ yuqori organning xatini ham inobatga olmayapti). Sudlarda yutib çiqqan, tegişli idoralarning xulosasiga köra haq bölib çiqqan, şahar hokimining noqonuniy qarorlarini bekor qildira olgan, xullas barça qarşiliklarni yenggan tadbirkor qançalik ğalati tuyulmasin endi Qarşi şahar «Yermulkkadastr» korxonasining bir parça qoğozini oylar davomida ololmadi. Afsuski, şu qoğozsiz tadbirkor öz faoliyatini davom ettira olmaydi.

Anvar MUSTAFOQULOV,
Kun.uz muxbiri.