Joriy yilning noyabr oyida Özbekistonning 70ta umumta'lim maktablaridan 2,8 ming nafar öquvçi özbek-amerika loyihasi doirasida boşlanğiç sinfda öqiş va matematika könikmalarini baholaş böyiça tadqiqotlarda iştirok etadi.
14 noyabr kuni Toşkent şahridagi 238-umumta'lim maktabida Özbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov hamda AQŞning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Daniel Rozenblyum iştirokida EGRA va EGMA pilot loyihasining oçiliş marosimi bölib ötdi.
EGRA va EGMA tadqiqotlari boşlanğiç sinflarni öqitişda tizimli böşliqlarni taşxislaş va ularni hal etişning eng maqbul yeçimlarini aniqlovçi, öqiş hamda savodxonlik könikmalarini sinovçi ilmiy asoslangan modellar hisoblanadi.
Uşbu tadqiqotlar Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan AQŞning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Mazkur loyiha 2019 yil 28 sentyabrda XTV va USAID örtasida 50 million dollarga imzolangan beş yillik rivojlaniş maqsadlari töğrisidagi bitimning birinçi tarkibiy qismidir.
EGRA va EGMA tadqiqotlari mamlakatning 12 viloyatida 7 tilda hamda ingliz tilida olib borilişi rejalaştirilgan. Pilot tadqiqotlar ikki hafta davomida 70ta maktabida ötkaziladi hamda 1,4 mingta 2-sinf va 1,4 mingta 4-sinf öquvçilarini qamrab oladi.
Sinovning asosiy maqsadi har bir til uçun vositalarni sinab köriş, ma'lumotlarni yiğiş, şuningdek uşbu tillarda imtihon topşiriş amaliyotini sinab körişdan iborat.
Test ötkaziş uçun 5 nafar imtihon oluvçilardan tarkib topgan guruhlar taşkil etildi.
2020 yilning may oyida Özbekiston maktablarida töliq tadqiqotlar ötkazilişi rejalaştirilgan. Tadqiqotlar 10 kun davomida tasodifiy tanlangan 940 ta maktabda ötkaziladi. Mazkur jarayonga 11,28 mingta 2-sinf va 4-sinf öquvçilari qamrab olinadi. Sinovlarda har bir sinfda 12 nafar öquvçi iştirok etadi.
EGRA va EGMA tadqiqotlarining yakuniy natijalari 2020 yilning avgust oyida e'lon qilinadi.
Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov bugungi kunga qadar öquvçilar bilimini baholaşning obektiv tizimi yöqligini ta'kidladi:
- Hozirda Xalq ta'limi vazirligi xalqaro tajriba va tadqiqotlar asosida bu kabi tizimlarni joriy etiş ustida işlamoqda. Ilk bora xalqaro tizim asosida öquvçilar bilimi baholanyapti. Uşbu tadqiqotlar Özbekiston natijalarini boşqa davlat ma'lumotlari bilan taqqoslaş va ularni hal etişning eng yaxşi usullarini topiş imkonini beradi. Şu munosabat bilan direktor va öqituvçilarni baholaşning xolisligini ta'minlaşga çaqiraman. Çunki ma'lumotlar ta'lim tizimidagi muammolarni aniqlaşga yordam beradi, - deydi vazir.
AQŞning Özbekistondagi elçisi Daniel Rozenblyumning ta'kidlaşiça, EGRA va EGMA boşlanğiç sinf öquvçilarining savodxonligi va matematika böyiça könikmalarini baholovçi oddiy, arzon va kuçli vositadir:
“Men “baholaş” sözi bekorga tanlanmaganligini ta'kidlamoqçiman. Bu vosita bolaning bilimi, öqituvçining dars berişi yoki direktorning maktabni boşqaruv könikmalarini tekşirmaydi. Şuningdek, jarayonda ötiş yoki yomon baho bölmaydi. Tibbiyot xodimlari bemorga muolaja belgilaş, körikdan ötkazişdan avval uni tekşiradi. EGRA va EGMA esa boşlanğiç sinflarda öqiş hamda matematika böyiça könikmalariga baho beradi. Baholaş natijalariga köra yangi öquv dasturlari, öqitiş uslubi va yondaşuvlar Özbekiston yoşlarining yaxşi natija körsatişi uçun moslaştiriladi”.












