Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş rejalaştirilyapti.
Vazirlar Mahkamasining “2020- 2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatga köra, Surxondaryo viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar, xöjalik boşqaruvi organlari va tijorat banklari tomonidan işlab çiqilgan 2019-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi ma'qullanadi.
Quyidagilar Dasturni amalga oşirişning asosiy ustuvor yönalişlari etib belgilanadi:
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, aholining, xususan xotin-qizlar, yoşlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlaş orqali ularning daromadlarini va turmuş darajasini oşiriş;
tumanda meva va sabzavot işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, samarasiz, eskirgan boğ va tokzorlarni yangilaş, agroklasterlar taşkil etiş orqali qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportini oşiriş;
yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş, mavjud işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş orqali sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş;
aholini tadbirkorlikka keng jalb qiliş va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş;
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, şu jumladan, içki yöllarni va ijtimoiy soha obektlarini rekonstruksiya qiliş va qayta ta'mirlaş, aholining toza içimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oşiriş;
suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş va ularni qayta işlaş darajasini oşiriş işlarini jadal rivojlantiriş;
tumanning me'moriy qiyofasini tubdan özgartiriş hamda obodonlaştiriş işlarini jadallaştiriş.
Suv xöjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi Oltinsoy tumanining Xidirşo va Obşir mahalla fuqarolar yiğini markaziga “Xazirboğ” kanalidan 250-300 l/sek suv çiqariş uçun 2020 yil 1-çoragida suv çiqariş nasos stansiyasi qurilişini davlat dasturiga kiritiş çoralarini köradi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boğdorçilik va uzumçilik fermer xöjaliklari hamda kiçik biznes sub'yektlariga qulay bank xizmatlari körsatişga şaroit yaratiş maqsadida tumanda DATB Asaka banki, TIF Milliy banki va ATB Mikrokredit bank filiallarini taşkil etadi.
“Davergeodezkadastr” qömitasi:
Dasturiga kiritilgan loyihalarga istisno tariqasida töğridan-töğri (auksionsiz) yer maydoni ajratişga ruxsat beradi;
tuman markazi boş rejasida köp qavatli uy joylar, sanoat zonasi, savdo va maişiy xizmat körsatiş nuqtalari qurilişi uçun möljallangan qişloq xöjaligi xaritasidagi 331-konturdagi 2,9 gektar, 336 konturdagi 3,9 gektar, 331-konturdagi 2,9 gektar, 336-konturdagi 3,9 gektar, 345-konturdagi 3,5 gektar, 475-konturdagi 3,6 gektar hamda 262 konturdagi 3,0 gektar jami 16,9 gektar yer maydonini qişloq xöjaligi yer fondi balansidan çiqaradi.
Avtomobil yöllari qömitasi tuman markazidan ötuvçi va asosiy yöl hisoblanadigan Mustaqillik köçasini 4,2 km qismini umumfoydalanuvdagi avtomobil yöllari turkumiga kiritadi.
Suv xöjaligi vazirligi “Hazarboğ-Oqqapçiğay” kanalining “Islom taraqqiyot banki” mablağlari hisobidan rekonstruksiya qilinayotganligini inobatga olib, kanalning tuman markazidan ötadigan qismidagi mavjud köpriklarni zamonaviy loyihalar asosida rekonstruksiya qilişni hamda respublika Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan 5 qavatli 150 örinli zamonaviy sanatoriy qurilayotganligi sababli aholi va transport vositalarini ötib qaytişi hamda infratuzilmani yaxşilaş maqsadida “Hazarboğ-Oqqapçiğay kanallari tizimini qayta işlaş” loyihasiga köprik qurilişini qöşimça ravişda kiritadi.












