Surxondaryoda YPX xodimlarining haydovçini taʼqib qilişi YTH bilan tugadi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, hodisa 18-oktabr kuni ertalab Oltinsoy tumanining Yangi quriliş mahallasi hududida sodir bölgan. YPX xodimlari xizmat maşinasida mahalladagi içki yölda Captiva ortidan taʼqib qilgani kuzatuv kameralariga tuşib qolgan.

Taʼqibdan qoçgan haydovçi tezlikni oşirib, boşqaruvni yöqotgan. Oqibatda Captiva öz yölida kelayotgan Gentra bilan töqnaşgan.

Kun.uz Gentra haydovçisining akasi bilan suhbatlaşdi. Uning aytişiça, maşinada 5 kişi bölgan. Ular turli darajada jarohatlangan. Jumladan, qöli singan va boşqa jarohatlari bölgan ukasi hamon şifoxonada qolmoqda.
“Jarohatlanganlar holidan heç kim xabar olmadi. Maşinaga ham jiddiy zarar yetgan. Captiva’ni “Gai” xodimlari quvib kelganini hamma kördi. Bunga guvohlar köp”, dedi Gentra haydovçisining akasi.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati hozirça hodisa yuzasidan munosabat bildirmadi.
Maʼlumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi qarori bilan Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisida nizom tasdiqlangan.
Uşbu Nizomning 48-bandiga köra, özining şaxsiy xavfsizligi va harakat qatnaşçilari xavfsizligini taʼminlaş uçun taʼqib qiliş yoki kuzatiş vaqtida YPX xodimi quyidagilarga amal qilişi lozim:
• patrul avtomobilida maxsus çiroq-mayoqça va tovuşli signallar muntazam yoqilgan holatda bölişi;
• aniq şart-şaroitlardan kelib çiqqan holda harakat tezligini tanlaşi;
• saf bölim (bölinma) yoki IIB navbatçisiga özining ketayotgan joyi, qayerdaligi va harakatning yönalişi töğrisida maʼlum qilib turişi;

















