Oq uy AQŞ va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Zelenskiyning joriy yil 21 aprelda bölib ötgan ilk suhbatining töliq matnini e'lon qildi. Uşbu suhbat Trampga nisbatan impiçment jarayoni boşlanişiga sabab bölgan iyuldagi suhbatdan 3 oy oldin bölib ötgan.
Quyida Zelenskiy prezident etib saylangandan keyin bölib ötgan uşbu suhbatning töliq matni keltirilgan.
Vladimir Zelenskiy: Qönğiroğingizdan xursandman. Katta rahmat. Sizni eşitişdan xursandman, tabrik uçun rahmat.
Donald Tramp: Aqlbovar qilmas saylovlar bölib ötdi.
Vladimir Zelenskiy: Yana bir bor katta rahmat. Biz juda harakat qildik. Siz bizga ajoyib örnak böldingiz.
Donald Tramp: Işonçim komil, siz uddasidan çiqasiz. Ukrainada sizni biladigan va yaxşi köradigan köp döstlarim bor. Sizning ğalabingizga işongan köplab ukrainalik döstlarim bor. Siz bunga erişa olganingiz, hayratlanarlidir. Ha, qandaydir ma'noda men ham şu kabi natijaga erişganman. Biz AQŞda aqlbovar qilmas taraqqiyotga erişdik – hozirda iqtisodiyotimiz tarixdagi eng yaxşi holatda. Sizni muborakbod etmoqçiman. Şubhasiz, siz ajoyib prezident bölasiz.
Vladimir Zelenskiy: Avvalambor, tabrik uçun yana bir bor katta rahmat. Ukraina mustaqil davlat va biz xalqimiz uçun barça işni qilamiz. Siz, men aytganimdek, biz uçun örnaksiz. Biz siz erişgan natijalarga erişişga umid qilamiz. Siz köpçilik uçun doimo yaxşi örnak bölib qolasiz. Agar ilojisini qila olsangiz, sizni inauguratsiyaga taklif qilmoqçiman. Bilaman, siz juda bandsiz, biroq agar inauguratsiya marosimiga kelsangiz, bu kun biz bilan bölsangiz ajoyib bölardi.
Donald Tramp: Naqadar yoqimli. Bu voqea qaçon bölişini aytsangiz, men suriştirib köraman – eng kamida biz ajoyib vakilni jönatamiz. Hattoki bir neça vakilni yuborişimiz mumkin. Biz öşa kuni siz bilan birga böladigan eng kamida juda yuqori lavozimdagi amaldorni yuboramiz. Bu haqiqatan ham aqlbovar qilmas natijadir.
Vladimir Zelenskiy: Yana bir bor rahmat, biz sizning yoki yuqori darajadagi delegatsiya taşrifini kutib qolamiz. Bizning ajoyib davlatni söz bilan ta'riflab bölmaydi. Bu yerda juda xuşmuomala, mehribon va mehmondöst odamlar, şirin taomlar bor. Ukraina ğoyatda ajoyib davlat. Söz bilan ta'riflab bölmaydi, şu sababli uni öz közingiz bilan körişingiz kerak. Kelolsangiz, ajoyib böladi. Yana bir bor taklif qilib qolaman.
Donald Tramp: Davlatingiz borasida qöşilaman, intiqlik bilan kutib qolaman. Men “Miss Koinot” tanlovini ötkazganimda har doim ajoyib odamlar bölgan. Ukraina unda har doim yaxşi taqdim qilingan. Işni boşlab olganingizdan keyin, sizni Oq uyga taklif qilmoqçiman. Biz köp narsani muhokama qilişimiz kerak, biz sizni qöllab-quvvatlaymiz.
Vladimir Zelenskiy: Taklif uçun rahmat. Biz uni qabul qilamiz va safarni intiqlik bilan kutib qolamiz. Yana bir bor rahmat. Butun jamoam va şaxsan özim bu safarni kutib qolamiz. Biroq inauguratsiya kuni kelsangiz ajoyib bölardi. Saylovlar natijalari aqlbovar qilmas böldi – ular bizni hayratlantirdi. Bu kun biz bilan böla olsangiz ajoyib bölardi.
Donald Tramp: Ajoyib. Biz tez orada sizga javob beramiz va har qanday vaziyatda tez orada körişamiz. Sizdan Ukraina xalqi va oilangizga salomimni yetkazişingizni sörab qolaman. Men ularga barça ezgu niyatlarni tilab qolaman.
Vladimir Zelenskiy: Yana bir bor rahmat. Muvaffaqiyatli parvoz tilab qolaman.
Donald Tramp: Bugun yaxşi iştirok etişingizni tilab qolaman. Barça ezgu niyatlar sizga. Yaxşi qoling, tez orada uçraşamiz.
Vladimir Zelenskiy: Katta rahmat. Menga oson bölmaydi, ammo inglizçani yaxşilab örganib olaman va siz bilan inglizçada suhbatlaşaman. Katta rahmat.
Donald Tramp (kulib): Buni eşitişdan xursandman! Juda yaxşi. Men sizning tilingizda gapira olmasdim. Katta rahmat.
Vladimir Zelenskiy: Katta rahmat. Tez orada uçraşamiz.
Donald Tramp: Kuningiz yaxşi ötsin. Omad.
Vladimir Zelenskiy: Xayr.












