Britaniyalik harbiylar Iroq va Afğonistonda harbiy jinoyatlar sodir etgan, şu jumladan tinç aholini öldiriş va qiynoqqa solişni amalga oşirgan bölişi mumkin, ularning bu qilmişlari esa Britaniya harbiy rahbariyati tomonidan yaşirilgan. Bu haqda Britaniyaning Sunday Times naşri va VVS telekompaniyasi olgan maxfiy hujjatlarda aytilgan.

Uşbu ommaviy axborot vositalari britaniyalik harbiylarning Iroq va Afğonistondagi harakatlarini tergov qilayotgan tergovçilarga asoslanib, Britaniya qurolli kuçlarining maxsus bölinmasi - Maxsus aviadesant xizmat (SAS) tarkibiga kirgan harbiylardan biri qotilliklar sodir etgani, Black Watch şotland jangovar bölinmasi jangçilari esa mahbuslarni kaltaklagani, qiynoqqa solgani va ularga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganini ma'lum qilgan.

Sunday Times’ning ta'kidlaşiça, tergov uçta şunday voqeaga qaratilgan bölib, ulardan birida SAS jangçisi 2012 yilda Afğonistonda öz uyida çoy içib ötirgan 3 bola va bir ösmirni otib taşlagan. Maqolada ta'kidlanişiça, uşbu hodisa yuzasidan iş harbiy prokuraturaga berilgan, biroq u böyiça tergov olib borilmagan. Ikkinçi holat esa Iroqning Basra şahrida 2003 yilda mahbuslarni tahqirlaşga taalluqli bölib, bunday harakatlar natijasida 2 kişi ölgan. Uçinçi holat esa 2003 yilda iroqlik politsiyaçining öldirilişi bilan boğlangan. 

Maqolada bu holatlar böyiça Britaniya mudofaa vazirligining bayonoti keltirilgan bölib, unda “politsiya britaniyalik harbiylarning Iroq va Afğonistondagi xatti-harakatlari böyiça katta kölamli tergov olib borgani”, ammo mustaqil harbiy prokuratura unga topşirilgan birorta iş böyiça tergov boşlamaslikka qaror qilgani aytilgan.

Britaniyaning harbiy kontingenti Iroqdagi uruş (2003-2011 yillar) vaqtida AQŞnikidan keyin eng köp sonli bölgan va 45 ming kişiga yetgan. Uruş vaqtida 179 britaniyalik harbiy halok bölgan. Afğonistondagi uruşda (2001-2015 yillar) esa Britaniya qurolli kuçlari 456 harbiyni yöqotgan.