JÇ-2022 ikkinçi saralaş bosqiçi «D» guruhi 6-turi doirasidagi Özbekiston – Falastin (2:0) uçraşuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinçi qismida mezbon jamoa boş murabbiyi Vadim Abramov iştirok etdi.
- Avvalambor, ğalaba bilan tabriklaymiz. Öyin borasidagi fikrlaringiz....
- Bugungi ğalaba bilan barçani tabriklayman. Öylaymanki, bugungi ğalabamiz barçaga zavq bağişladi. Futbolçilarga rahmat, Saudiyaga uçralgan mağlubiyatdan tezda çiqib keta olişdi va bugun barçasini nazorat qilişdi.
- Terma jamoamiz futbolçilari öyin oxiri sayin öyinni qöldan berişayotgandek. Ayting-çi, öyinçilarning 70-80-daqiqalardan keyingi harakatlari nega bunday köriniş olmoqda?
- Biz avvalo töpni nazorat qilişimiz kerak. Biroq futbolçilar öyin oxirida asosan öz maydonimizda qolib ketişdi. Biz köproq raqib maydonida bölişimiz kerak edi. Bu borada hali işlaşimiz kerak.
- Oleg Zoteyev va Odil Ahmedovning öyini borasida qanday fikrdasiz? Keyingi öyinlarda ham u markazda öynaydimi?
- Yaxşi öynaşdi. Öylab köramiz, hali orada katta tanaffus bor. Jamoalar Osiyo Çempionlar Ligasida iştirok etişadi. Kim qayerda yaxşi öynasa, öşa yerda öynaydi. Agar orqa çiziqda muammolarimiz bölmasa, Odil öz örnida öynaveradi.
- Öz vaqtida Yaponiyani safarda mağlub etgansiz. Hali ança vaqt bölsa-da, ayting-çi Saudiya Arabistonini safarda yuta olamizmi?
- Yaponiyani mağlub etganga qadar terma jamoada bir yarim yil işlagandim. Öşa öyingaça yaxşi sport formasida yetib kelsak, yutiş mumkin.
- Terma jamoamizning tanaffusdan keyingi rejalari qanday böladi?
- Mart oyida menimça, Qozoğiston bilan örtoqlik öyini ötkaziş böyiça kelişganmiz. Ammo biz ham raqiblarimiz singari Braziliya, Paragvaydek jamoalarga qarşi öynaganimiz keladi.












