Amerika Qöşma Ştatlari Özbekiston bilan xalq ta'limi sohasida hamkorlik qilişga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda AQŞ Davlat departamentining mamlakatlarga Amerika yordami koordinatori Ofisi katta maslahatçisi Riçard Stoddard Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati bilan uçraşuv çoğida ma'lum qildi.
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va AQŞ joriy yilning 28 sentyabrida rivojlaniş maqsadlari böyiça 50 million dollar miqdoridagi şartnomani imzolagan. Uşbu mablağ beş yil içida ajratiladi.
Mazkur kelişuv Qöşma Ştatlar va Özbekiston hukumati örtasidagi rivojlaniş böyiça birinçi keng qamrovli grant şartnomasi bölib, Qöşma Ştatlarning xalq ta'limi sohasidagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş borasidagi uzoq muddatli majburiyatini belgilaydi.
Uçraşuvda Riçard Stoddard ikki mamlakat ta'lim sohasida uzoq muddatli hamkorlik işlari olib borilişini aytib ötdi. Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar xalq ta'limi tizimini isloh qilişni qöllab-quvvatlaşga tayyor.
Uçraşuv yakunida tomonlar ta'lim sohasida kelgusidagi islohotlar hamda özaro hamkorlikning ustuvor yönalişlarini muhokama qildi.












