«Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati bir neça kundan buyon Farğona viloyatining Uçköprik tumanida elektr energiyasi doimiy ravişda uzilişi kuzatilayotgani töğrisidagi xabar yuzasidan izoh berdi.

«21 noyabr kuni Kun.uz rasmiy kanali  orqali e'lon qilingan, «Taşqarida XXI asrmi?» sarlavhali tanqidiy postdan söng vaziyat «Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, şu kunning özida murojaatçi bilan körişib, murojaat böyiça keltirib ötilgan muammolar örganildi.

Xususan, iste'molçi xonadoni 35/10 «Şodlik» nimstansiyasi, 10 kV «Şirmon» fideriga ulangan №557–sonli quvvati 100 kVA bölgan transformator punktiga ulangan bölib, hozirda «Tinçlik» MFY, Döstlik köçasi töliq elektr energiyasi bilan ta'minlangan. Transformator punkti normal rejimda işlamoqda.

Sönggi kunlarda havo keskin sovişi natijasida iste'molçilarda elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj oşgan. Oy boşiga nisbatan sönggi kunlarda iste'mol qilinayotgan elektr energiyasi 1,5 barobarga oşgan. Bu holat nafaqat Uçköprik tumani, balki viloyatning barça tuman va şaharlarida kuzatilmoqda. 

Murojaatçi bilan suhbat davomida yuqorida keltirib ötilgan holatlar böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi hamda viloyatning barça hududlari töliq nazoratga olindi. 

Iste'molçilarga elektr energiyasini sifatli yetkazib beriş maqsadida mutaxassislarimiz tomonidan tun-u kun tegişli tartibda çoralar körilmoqda. 

Şu örinda, iste'molçilarimizdan elektr energiyasi resurslaridan oqilona va samarali foydalaniş, ularning isrof bölişi oldini oliş, foydalanilgan elektr energiyasi uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşiriş, şu bilan birga, elektr jihozlaridan foydalanişda xavfsizlikka rioya etişni sörab qolamiz», deyiladi «Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati xabarida.