Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi Namangan şahar inspeksiyasi xodimlari tomonidan noqonuniy çiqindixonalarni aniqlaş böyiça tezkor tungi reydlar ötkazildi.

Davlat ekologiya qömitasi axborot xizmatiga köra, unda Namangan şahar «A.Navoiy», «A.Xöjayev», «S.Adaşev», «Mustaqillikning 5 yilligi», «Oltinvodiy», «Uyçi» köçalari hududiga I.R., Z.J., I.U., I.J., X.M. va A.M. tomonidan maişiy çiqindilar töla xaltalar, qoplar belgilanmagan joyga taşlangani aniqlandi. Bunda fuqarolar inspektorlar tomonidan töxtatib qolingan.

Uşbu holat yuzasidan 6 nafar huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 91-modda 1-qismi bilan ma'muriy bayonnomalar tuzilib, jarimalar qöllanildi.

“Hurmatli yurtdoşlar! Yodingizda bölsin: tozalanadigan emas, ifloslantirilmaydigan joy pokiza böladi”, - deyiladi Ekologiya qömitasi xabarida.