Şu kunlarda respublika böylab elektr energiyasi, gaz va issiqlik ta’minoti bilan boğliq muammolar aholining e’tirozlariga sabab böldi. Mamlakat energetika tizimi bunday sinovlarga tayyor emasligini körsatdi.
«Yuksaliş» umummilliy harakati fuqarolarning bu boradagi fikrlariga tayanib, mas’ul davlat idoralarini quyidagilarga çaqiradi:
Birinçidan, belgilangan haroratdagi issiqlik, issiq suv, elektr energiyasi va gaz (şu jumladan, hisoblagiçlari bölmagan iste’molçilar) ta’minlanmagan barça kunlar uçun aholi bilan qayta hisob-kitob qilişga çaqiramiz.
Ikkinçidan, Energetika vazirligi qişga tayyorlanganlik holati haqida axborot berişi maqsadga muvofiq: navbatdagi energetika inqirozi nima uçun yuz berdi, ular bu muammoni qanday hal qilmoqda, bunday holat yana takrorlanmasligi uçun nimalar qilinmoqda? Hukumatning energetika sohasidagi strategiyasi e’lon qilinişi kerak.
Uçinçidan, energosamaradorlikni oşiriş, muqobil energiya manbalariga ötiş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng joriy etiş uçun zarur taşkiliy va infratuzilmaviy şaroitlar yaratiş böyiça körilayotgan çoralar yuzasidan jamoatçilik muhokamasini ötkaziş lozim.
Muqobil energiya manbalarining keng rivojlanişiga nimalar tösqinlik qilayotganligini oçiq muhokama qiliş uçun ekspertlarni, davlat rasmiylarini taklif qilib, jamoatçilik fikrini örganiş zarur. «Yuksaliş» umummilliy harakati bu masalada muloqot maydoni bölişga tayyor.
Törtinçidan, qişning sovuq kunlari yana 2-3 hafta saqlanib qolişini inobatga olib, quyidagi tezkor çoralarni köriş taklif etiladi:
1. Barça viloyatlardagi COVID-markazlari, Toşkentdagi yotoqxonalar işida tajriba bor. Zaruratga köra joylarda odamlarga isiniş, telefon va boşqa qurilmalarni zaryadlaş, çömiliş, ovqat pişiriş maqsadida kelişlari uçun issiq suv va elektr energiyasi uzluksiz ta’minlangan isitiladigan xonalarni tayyorlaş;
2. Rasmiy ma’lumotlarga bölgan ehtiyojni ta’minlaş. Kuniga kamida bir-ikki marta energiya tizimi rahbarlari jonli efirga çiqişlari kerak (televideniye, radio, internet orqali), ya’ni vaziyatni yaxşilaş uçun aniq nima qilingani, qanday baxtsiz hodisalar bartaraf etilgani, qayerda muammolar saqlanib qolayotgani va ularni bartaraf etiş muddatlari va körilayotgan çoralar haqida brifinglar ötkazişi kerak.








