“2019-2020 yilgi qiş-bahor mavsumida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida” hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2019-2020 yilgi qiş-bahor mavsumiga asosiy turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamğarişning prognoz hajmlari tasdiqlandi.

Unga köra, 4 ta asosiy turdagi (kartoşka, piyoz, sabzi, guruç) qişloq xöjaligi mahsulotlarining respublika böyiça jami zaxira hajmi 414 399 tonna etib belgilandi.

Şuningdek, uşbu mahsulotlarni zaxiraga ğamlaş uçun mahsulot işlab çiqaruvçilar, tayyorlov taşkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari örtasida istisno tariqasida töğridan-töğri kontraktatsiya şartnomalari tuziladi.