Visual Capitalist infografikasi Eni kompaniyasining World Energy Review 2026 hisobotiga asoslangan. Unda 2025-yil 31-dekabr holatidagi neft zaxiralari va kompaniya qöllaydigan mintaqaviy tasnifdan foydalanilgan.
Yaqin Şarqda jahon zaxiralarining qariyb yarmi bor
Yaqin Şarq neft zaxiralari böyiça dunyoda birinçi örinda turadi. Mintaqadagi yirik zaxiralar quyidagi mamlakatlarda jamlangan:
Saudiya Arabistoni - 267,2 milliard barrel;
Eron - 208,6 milliard barrel;
Iroq - 145 milliard barrel;
Birlaşgan Arab Amirliklari - 113 milliard barrel.
Şunga qaramay, Yaqin Şarq qazib oliş hajmi böyiça ikkinçi örinda. 2025-yilda mintaqada kuniga qariyb 31 million barrel neft qazib olingan.
Mintaqaning eng yirik işlab çiqaruvçisi Saudiya Arabistoni bölib, uning kunlik körsatkiçi 9,6 million barrelni taşkil etgan. Hisobotda keltirilişiça, mamlakatda işlayotgan neft burğilaş qurilmalari soni 2025-yilda sönggi 20 yildagi eng past darajaga tuşgan. Bu paytda energetika investitsiyalari tobora köproq tabiiy gaz qazib olişga yönaltirilgan.
Venesuela - mamlakatlar orasida yetakçi
Markaziy va Janubiy Amerika 354,8 milliard barrel yoki jahon zaxiralarining 19,7 foizi bilan mintaqalar orasida ikkinçi örinni egallagan.
Bu zaxiralarning qariyb 86 foizi Venesuelaga töğri keladi. Mamlakatda 303,4 milliard barrel neft mavjudligi baholangan - bu dunyodagi eng yuqori milliy körsatkiç.
Biroq Venesuelaning qazib oliş imkoniyatlari çeklangan. Konlarni özlaştiriş öta oğir neft qazib oliş zarurati, iqtisodiy muammolar va infratuzilmaning yetarliça rivojlanmagani sababli qiyinlaşmoqda.
Şimoliy Amerika zaxirada uçinçi, qazib olişda birinçi
Şimoliy Amerikada 246 milliard barrel neft zaxirasi bor. Bu jahon körsatkiçining 13,6 foiziga teng.

















