Davlat soliq xizmati organlarida maxsus unvon berilgan şaxslarning belgilangan normalar böyiça bepul maxsus formali kiyim-boş bilan ta'minlanişi bekor qilinadi. Bu haqdagi tegişli qonun loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Hujjat loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati töğrisida”gi Qonuni 15-moddasining ikkinçi qismi çiqarib taşlanadi.
15-moddada davlat soliq xizmati organlari mansabdor şaxslarining moddiy va ijtimoiy ta'minoti belgilab qöyilgan.
Moddaning birinçi qismiga köra, davlat soliq xizmati organlari mansabdor şaxslarining iş haqi - mansab maoşi, maxsus unvon, köp yil xizmat qilganligi uçun tölanadigan ustama haqlar hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda tölanadigan boşqa qöşimça haqlardan iborat böladi.
Ikkinçi qismda esa maxsus unvon berilgan şaxslar belgilangan normalar böyiça bepul maxsus formali kiyim-boş bilan ta'minlanişi aytiladi. Qonun loyihasi bilan uşbu qism olib taşlanişi möljallanmoqda.
Şuningdek, 15-moddaning uçinçi qismiga köra, davlat soliq xizmati organlarida maxsus fond taşkil etilişi mumkin, uni hosil qiliş tartibi qonun hujjatlarida belgilab qöyiladi.












