Bugun, 27 noyabr kuni, Toşkent metrosining «Özbekiston» yönalişidagi bekatlarni elektr energiyasi bilan ta'minlovçi nimstansiyalarda kuçlanişning qisqa muddatli pasayişi qayd etildi.

«Toşkent metropoliteni» xabarida aytilişiça, soat 10:42da metroning «Ğafur Ğulom», «Alişer Navoiy» bekatlarida yoritiş moslamalari işida nosozlik qayd etilgan hamda eskalatorlar harakati töxtab qolgan. Bir daqiqadan söng, soat 10:43da, barqaror elektr ta'minoti töliq tiklangan. 

Ta'kidlanişiça, uşbu hodisa poyezdlar harakati jadvaliga ta'sir qilmagan, sababi harakatlanuvçi sostavga elektr energiyasi yetkazib berişda boşqa ta'minotdan foydalanilişi aytiladi.

«Daryo» manbasi ma'lumotiga köra esa, çiroqlar miltillab emas, balki qisqa vaqtga töliq öçgan.

Toşkent metrosidagi elektr ta'minoti muammosi sabablari ma'lum qilindi