Hukumat qarori bilan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soliği va yagona yer soliği böyiça tölaş muddatini uzaytiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soliği, yagona yer soliğini tölaş muddati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan moliyaviy holati soliq qarzdorligini belgilangan muddatda tölaşga imkon bermaydigan yuridik şaxslar uçun uzaytiriladi.
Bunda quyidagi asoslardan biri mavjud bölişi kerak:
agar soliqlar, penyalar va jarimalar böyiça qarzdorlikning bir martalik tölovi soliq tölovçini bankrotlikka olib kelsa;
soliq tölovçining işlab çiqariş va (yoki) tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi mavsumiy xususiyatga ega bölsa;
soliq tölovçiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki yengib bölmaydigan kuçlarning boşqa holatlari natijasida zarar yetkazilgan taqdirda.
Soliq tölaşning muddati 1 oydan 24 oygaça:
soliq qarzdorligining butun summasiga yoki uning bir qismiga yoki kelgusida yuzaga keladigan soliq qarzdorligiga nisbatan;
mazkur Nizomda nazarda tutilgan bir soliq yoki soliqlarning bir neça turi böyiça uzaytirilişi mumkin.
Soliqlarni tölaş muddatini uzaytiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar xalq deputatlari Kengaşlarining tegişli qarorlari asosida amalga oşiriladi.












