Bugungi suhbatdoşimiz Özbekiston Respublikasi prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev böldi.

Ma'lumot uçun: Ismatulla Raimoviç Ergaşev, 1960 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, diplomat, mutaxassiligi böyiça şarqşunos-filolog. Taşqi işlar vaziri örinbosari, Özbekistonning Xitoy, Ozarboyjon kabi davlatlardagi favqulodda va muxtor elçisi sifatida faoliyat yuritgan.

– Ismatulla aka, tarjimai holingizga nazar taşlasak, umringizning 40 yildan ortiğini aynan Afğonistonni örganişga, şu davlat muammolarini yeçişga sarflaganingizni körişimiz mumkin. Aytingçi, keçagi Afğoniston bilan bugungisining farqi nimada?

– Bu savol, ya'ni Afğonistondagi vaziyat muştariylarni, bizning xalqimiznigina emas, balki butun dunyo hamjamiyatni öylantirayotgan eng katta muammolardan biridir. Çunki bu davlatdagi holatning mintaqaviy, global miqyosdagi ta'siri juda kuçli. Vaziyat murakkab, zöravonlik, ziddiyat, harbiy harakatlar davom etmoqda, millionlab afğonlar muhojir, öz davlati içida ham qoçqin bölişga majbur. Bu kulfat avvalombor öşa jafokaş afğon xalqiga musibatdir. Lekin şunça yillik uruşlarga qaramay afğon xalqi tinçlik va osoyiştalik örnatişga bölgan umidini uzmagan.

Yaqinda Afğoniston mustaqilligining 100 yilligi nişonlangani şohidi böldik. Bu bayramda özbek va afğon xalqlari yondoş-jondoşligini yana bir bor his qildik. Çunki bu ikki xalq asrlar davomida Amudaryoning ikki sohilida yaşab, bir-birlariga çambarças boğlanib ketgan. Muştarak dinimiz, tilimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz, buyuk ajdodlarimiz xalqlarimizni birlaştirib turadi. Sönggi 18 yilda davom etayotgan uruş davrida ham öz orzu-umidini yöqotmagan afğon xalqi şu qiyin holatda ham öz davlatçiligini tuzmoqda, öz qonunçiligini yaratmoqda.

Afğonistonliklar yaqinda prezident saylovlarini ötkazişdi. Töğri, saylovlar tölaqonli, xalq istaganidek bölmadi, notinçliklar soya solib turdi, köpçilik saylovlarda qatnaşa olmadi. Ammo şunga qaramay 2 milliondan ortiq kişi bu saylovda iştirok etdi. Biz afğon xalqining tanlovini çuqur hurmat qilgan holda hozirgi va kelajakda keladigan hukumat bilan ham döstona munosabatlarni davom ettiriş umididamiz.

Endi Afğonistondagi vaziyatning bizga ta'siri qandayligiga töxtalsak. Prezidentimiz aytganidek «Afğoniston xavfsizligi bu – Özbekiston xavfsizligi, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining barqarorligi va farovonligi omilidir». Mana şu sözlarning özi savolimizga javob böla oladi.

– Özbekistonning Afğoniston bilan çegarasi boşqa qöşnilar bilan soliştirganda eng kiçigidir. Lekin negadir aynan Özbekiston Afğoniston muammosini köproq kötarayotganday taassurot öyğonadi.

– Afğonistonda tinçlik örnatiş böyiça butun xalqaro hamjamiyat jon kuydirmoqda. Töğri, Afğonistonning eng kiçik çegaralari Özbekiston va Xitoy bilan. Ammo çindanam bu ikki davlat afğon muammosini hal qilişda eng faol davlatlar qatoriga kiradi. Albatta buning sababi bor. Yuqorida aytganimday muştarakligimiz, ikkinçidan, möljallagan yirik islohotlarimizni amalga oşirişimiz uçun bizga avvalambor hududdagi tinçlik va barqarorlik kerak.

Aynan Özbekiston rahbariyatining Afğoniston muammosiga har qaçongidan ham jiddiy e'tibor berayotganiga sabab Yaqin Şarqdagi notinçliklar, Afrika şimolidagi harbiy harakatlar asnosida afğon muammosi jahon siyosatidan çetga surilgandek böldi.

Şu bois prezidentimiz Afğonistonda tinçlik örnatiş böyiça xalqaro konferensiya ötkaziş böyiça taşabbus bilan çiqdilar va bu ğoya qöllab-quvvatlandi. 2018 yilning mart oyida yuqori darajadagi bu tadbir ötkazildi va uning yakunida «Toşkent deklaratsiyasi» qabul qilindi. Aynan Toşkent konferensiyasida Afğonistonda tinçlik jarayonini yölga qöyiş böyiça mintaqaviy va global miqyosda konsensusga erişildi va xalqaro hamjamiyatning tinçlik muzokarlarini boşlaşga qaratilgan xatti-harakatlari faollaşdi.

Biz kundalik hayotimizga nazar solib, yurtimizda hukm surayotgan tinçlik-osoyiştalik qanday qiymat evaziga ta'minlanayotganini idrok etişimiz lozim. Vaholanki, har qanday jamiyatda tinçlik va barqarorlikni örnatiş ulkan kuç va resurslarni talab qilari. Muhtaram prezidentimizning içki va xalqaro siyosat kun tartiblarida xafsizlik masalalari alohida örin eagallagani bejiz emas. Aynan şu voqelikdan kelib çiqib, biz Afğoniston muammosiga muhim ahamiyat qaratamiz va uşbu mamlakatga yordam körsatişga harakat qilamiz. Xalqimizda «qöşning tinç, sen tinç» degan gap ham bor.

– Siz «Tolibon» harakati bilan ham muzokaralar taşkil qilişda iştirok etgan diplomatlardan birisiz. Keng jamoatçilikda bu harakat böyiça uruşdan özga narsani bilmaydigan, heç qanday diplomatik munosabatlarni tuşunmaydigan jangari bir guruh degan fikr şakllanib qolgan.

– Afğoniston böyiça Toşkent tinçlik konferensiyasidan keyin jahon hamjamiyatining bu muammoga e'tibori kuçaydi, şu jumladan «Tolibon» harakati bilan ham özaro aloqalar örnatişga, tinçlik muzokaralarini çorlaşga kirişildi. Bu harakatning Dohadagi siyosiy vakolatxonasi bilan aloqa örnatdik. Albatta, savolingiz örinli, Afğonistonda 18 yildan beri davom etayotgan uzluksiz uruş asosan şu harakat tomonidan amalga oşirilmoqda.

Ammo davlatimiz rahbari bir gapni ta'kidladilar – «Tolibon» harakati ham Afğoniston jamiyatining bir qismi. Ular ham davlat kelajagi, tinçlik masalasidagi muzokaralarda iştirok etişlari, öz ovoziga ega bölişlari kerak».

Men sizga bir misol keltiraman – 2001 yili, Germaniyaning Bonn şahrida Afğoniston böyiça tinçlik konferensiyasi ötkazilgan. Ana şu konferensiyada Afğonistondagi barça siyosiy, ijtimoiy va etnik kuçlarning rahbarlari iştirok etgan. Faqat bir siyosiy kuç – «Tolibon» harakatigina çetda qolib ketgan, ya'ni umuman taklif etilmagan. Ana şu xato tufayli 18 yildirki afğon xalqi jafo çekib kelmoqda.

Demak, biz Afğonistonda tinçlik örnatmoqçi bölsak, bu davlatdagi barça kuçlarni va afğon hukumatini tinçlik jarayoniga jalb qilişimiz kerak. Agar qaysidir guruh yoki kuç çetda qoladigan bölsa, bu öz-özidan uruş harakatlari davomi etişini anglatadi.

Şuning uçun ham biz «Tolibon» bilan muloqot örnatdik va ularni tinçlik muzokarlarida qatnaşişga çaqirdik. Özbekiston va xalqaro hamjamiyatning boşqa faol a'zolarining sa'y-harakatlari natijasida tinçlik muzokaralari boşlanib ketdi.     

Bu muzokaralarning öziga xos yutuği sifatida aytiş mumkinki, AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod «Tolibon» harakati bilan 8 raundlik tinçlik muzokaralari ötkazdi. Ammo Kobuldagi kuçli portlaşdan ğarb askarlari halok bölişi natijasida Donald Tramp bu muzokaralarni töxtatib qöydi.

Ammo biz bu muzokaralar davom etişi tarafdorimiz. Çunki bu ikki taraf kelişib olganidan keyingina bevosita içki afğonlar aro muzokaralarga yöl oçiladi.

Xulosa qilsak, kimgadir yoqiş-yoqmasligidan qat'i nazar toliblar ham afğon jamiyatining bir qismi, şu davlat fuqarolari, ular ham mamlakat kelajagi, tinçligi böyiça tadbirlarda qatnaşişlari şart. Eng muhimi, ularsiz tinçlikni örnatib bölmaydi.

– Tabiiyki savolning mantiqiy davomi kelib çiqadi – «Tolibon» harakati bu muzokaralarni qanday qabul qilmoqda, qanday talab va takliflarni ilgari surmoqda?

– 2018 yil martdagi konferensiyadan keyin «Tolibon» harakati rahbariyati bilan uçraşganimizda meni hayron qoldirgan jihat ularning quyidagi sözlari böldi – «biz tinçlik tarafdorimiz. Yurtimizdagi uruşlardan biz ham çarçaganmiz, qon tökilişini töxtatiş niyatimiz bor. Şu bilan birga bizning eng asosiy talabimiz mamlakatimiz hududidan xorijiy harbiy kuçlar çiqib ketişi».

«Tolibon» rahbariyati vakillari Özbekistonga nisbatan juda yaxşi munosabatda ekanliklari, yaxşi köz bilan nazar taşlaşlari haqida gapirişgandi. «Çunki biz bilamizki, Özbekiston Afğonistonda juda katta iqtisodiy loyihalarni amalga oşirmoqda. Bu loyihalar afğon hukumatiga, yoki qaysidir kuçlar uçun emas, aynan afğon xalqi uçun xizmat qilmoqda. Xalqimiz tinçligi uçun zamin yaratmoqda. Ya'ni biz Özbekistonning Afğoniston böyiça olib borayotgan siyosatini tölaqonli qöllab-quvvatlaymiz. Ammo biz sizlardan biroz xafamiz, nega «Toşkent konferensiyasi»dek yirik tadbirga bizni taklif qilmadinglar. Biz tadbir bilan sizlarni tabriklaymiz va uni diqqat bilan kuzatib bordik», deyişgandi ular. Bu ham Özbekiston olib borayotgan siyosat diqqat markazida turganidan dalolat beradi.

Abror Zohidov suhbatlaşdi,
tasvirçi Doniyor Yakubov