2020 yilda Özbekistonda yoşlar parlamenti tuzilişi mumkin. Yoşlar parlamenti a'zolari yoşlarga daxldor qonunlar tayyorlanişi, takomillaştirilişida senatorlar bilan birga iştirok etadi. Uşbu jarayonda ularning fikrlari inobatga olinadi.
Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva “Özbekiston” anjumanlar saroyida bölib ötgan “XXI asrda gender va yoşlar masalalarida şeriklikni rivojlantiriş” mavzusidagi xalqaro forumda ma'lum qildi.
– Bugungi kunda respublikamizda aholining 60 foizini taşkil etadigan yoşlar manfaatlarini har tomonlama himoya qiliş, ularning salohiyati va iqtidorini röyobga çiqariş borasida ham muhim islohotlar amalga oşirilmoqda, – deydi Senat raisi T.Norboyeva. – Prezidentimiz tomonidan 2016 yil sentabr oyida birinçi bölib “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi Qonunning imzolanganligi, 40 ga yaqin me'yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi yurtimizda yoşlar masalasi muhim ahamiyat berilayotganini yaqqol körsatadi. 2017 yilda Prezidentimizning taşabbuslari bilan Yoşlar ittifoqi taşkil etildi, bu esa butun Özbekiston yoşlarini bir ğoya atrofida birlaştiriş uçun qöyilgan muhim qadam böldi.
Bugungi globallaşuv davrida yoşlar va xotin-qizlarni ekstremistik ğoyalar ta'siridan, zöravonlik qurboni va odam savdosi bilan boğliq jinoyatlardan himoya qiliş – har bir davlat oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu kabi salbiy holatlarning kelib çiqişiga mehnat migratsiyasi masalasi asosiy omillardan biri bölmoqda.
Mazkur muammolarni hal etişda heç qaysi davlat yakka holda samarali natijalarga erişa olmaydi. Şu bois ularga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş va birgalikda işlaş zarur. Özbekistonda gender tenglikni ta'minlaş, oilalar va xotin-qizlar bilan işlaş, yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, migratsiya masalalarini tartibga soliş borasida xalqaro standartlarga mos ravişda me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va töliq huquqiy asoslar yaratildi.
Navbatdagi vazifa – mazkur yönalişlardagi xalqaro va xorijiy tajribalarni örgangan holda uşbu huquqiy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etişdan iborat, deyiladi Senat axborot xizmati xabarida.













