22 dekabr kuni Özbekiston Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga saylov ötkazilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Pekin şahridagi elçixonasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasidagi elçixonasi huzurida Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga saylov ötkaziş böyiça 147-sonli Astrobod saylov okrugiga biriktirilgan 37-sonli saylov uçastkasi taşkil etilgan.

Uşbu saylov uçastkasi manzili: Pekin şahri, Liang Matsiao köçasi, 41-uy. Tel: +86-10-6532-6305, +86-10-6532-2551. Bu yerda 12-19 dekabr kunlari muddatidan oldin ovoz beriş mumkin.

Mazkur uçastkada 22 dekabr kuni Mongoliya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Filippinda bölib turgan Özbekiston fuqarolari ham ovoz berişlari mumkin.

Şuningdek, saylov.mfa.uz saytida oldindan röyxatdan ötişni yoki yuqorida körsatilgan raqamlar orqali elçixonaga murojaat qiliş söraladi.