Özbekistonda OITS bilan yaşayotganlar soni 52 ming nafarga yetgan. Rasmiy ma’lumotlarda kasalliklarning katta qismi mehnat migratsiyasi bilan boğlansa-da, amaldagi tajriba kosmetologiya xizmatlari orqali ham infeksiya yuqiş holatlari köpligini körsatmoqda.
2026 yilning 1 yanvar holatiga köra, Özbekistonda OITSga çalinganlar soni 52 ming nafarga yetgan. Kasalliklarning juda katta foizi migrantlar hissasiga töğri keladi.
Tibbiyot xodimlarining aybi bilan 10 yildan buyon OITS bilan kuraşayotgan vatandoşimiz bugun ehtiyoj oşib borayotgan kosmetologik xizmatlardan ham infeksiya yuqişi köpaygani, ammo bu yopiq qolayotganini ta’kidladi.
“Heç kim OITSdan himoyalanmagan. Hozir ayollarimiz kosmetologlarga juda köp borişyapti, nafaqat ayollar, erkaklar ham boryapti. Kosmetologiya sohasi Özbekistonda rivojlanib ketdi. Aynan kosmetologiyada şu kasalni yuqtirayotganlar bir qança. Lekin bu narsa yopiq tarzda qolib ketyapti, nimagadir oşkor qilinmayapti. Va bizning çetdan kelayotgan migrantlarimiz, aynan Rossiyadan, Turkiyadan kelayotganlarda köp aniqlanyapti.
Ba’zi birlarining hatto ota-onasi bilmaydi OITSga çalinganini. Uylanişi kerak bölgan yigit Rossiyadan kelib nikohgaça tibbiy körikdan ötgan. Unda OITS aniqlangan. Töy buzilyapti – hamma narsa belgilangan, töy kuni, taklifnomalar tarqatilgan. Buni eşitgan ota-ona yolğiz öğlini uydan haydab yuboryapti. Yigit özini öldirmoqçi böldi, ota-ona qutqarib olişgan. Lekin baribir uydan çiqarib yuborişdi. Oxiri öşa yigit Rossiyaga ketişga majbur böldi.
70 yoşli otaxon keldi. Ayoli 62 yoşda, Rossiyaning Kaliningrad degan şahriga borib işlagan va kim bilandir tanişib qolib, şu kasalni yuqtirib kelgan. Yuqtirib kelib, bila turib turmuş örtoğiga yuqtiryapti. Öşa odam uyga qaytmasligini aytib, imkon bölsa Ijtimoiy himoya milliy agentligidan qariyalar uyiga joylaştirişni söradi”, deydi u.
Körsatuvning töliq şaklini uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
















