Özbekistonda OITS bilan yaşovçi şaxslar soni 52 ming nafarga yetgan. Bu raqamlar ortida nafaqat tibbiy taşxis, balki jamiyatdagi qörquv, miflar va tamğalaş bilan keçayotgan hayotlar bor. Kun.uz Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda şunday hayotda yaşayotgan insonlarga quloq tutdi.
Özbekistonda 52 ming nafar şaxs şu kasallik bilan yaşaydi, ularning 45 foizini ayollar, 55 foizini erkaklar taşkil qiladi. Negadir köpçilikda bu kasallikka çalingan şaxslarga nisbatan ğalati qaraş bor. Ammo şifokorlar aybi bilan bu infeksiyani yuqtirgan anonim murojaatçi bizga körinmaydigan, biroq xavotirga soladigan kasallikning tarqalişi va ularga nisbatan qaraşlar haqida gapirdi.
Nodir, 38 yoşda (ma’lumot özgartirilgan):
Çiroyli hayotim şifokorlar aybi bilan özgarib ketdi
«2016 yil avgustda buyragimning bittasini olişdi, bitta buyragim qurigan ekan. Operatsiya vaqtida tibbiyot xodimlarining loqaydligi, e’tiborsizligi tufayli menda qon ketib qoladi. Öşa vaqtda menga töğri keladigan qonni topişolmagan. Şunda şu yerda yotgan bemor ayolning opasining qoni tuşgan. U qon berişga rozi bölgan va şifokorlar tekşirmasdan qon olib, menga quyişgan. U ayolning eri 2 oy avval Rossiyada OITS kasalini yuqtirib olib deport bölib kelgan ekan. Lekin ayol öziga bu kasal yuqqanini bilmagan.
Operatsiyadan 3 oy ötib ahvolim oğirlaşdi, vazn taşlaşni boşladim. 6-oyga kelib kritik vaziyatga tuşdim. Yurişim, nafas olişim qiyinlaşib qoldi. Buning sababini biliş uçun qayta tekşiruv boşlandi. Tekşiruvda menda OITS va Gepatit S aniqlandi. Yaqinlarim buni eşitib şokka tuşişdi. Çunki operatsiyagaça 3 bosqiçli tekşiruvdan ötgandim. Yuqumli kasalliklar bor-yöqligi qon analizlarida tekşirilgan. Oilam, farzandim bor edi. Ota-onam bunday bölişi mumkin emasligini, operatsiyagaça tahlillarda bunday kasalliklar yöqligini aytişdi. Şifokorlar ham hayron, donor ayolni ham qayta tekşirib körişganda unda OITS kasalligi borligi aniqlandi. Ayol ham ungaça bu haqida bilmagan, eridan yuqqan ekan.
2016 yilda hayotim 150 darajaga özgarib ketdi. Oilamdan ajraşdim, çunki bu kasalga çalingan odam soğlom inson bilan yaşolmaydi, farzandimni öyladim. Ungaça juda baxtli oila edik. Öz sevimli kasbim bor edi. Orada şunçalik tuşkunlikka tuşdimki, ikki marta öz jonimga qasd qilmoqçi böldim. Internetda bu kasallik haqida örgana boşladim. Çiroyli ketayotgan hayotim kimningdir xatosi bilan özgarib ketsa… Töğri, ular jazosini oldi. Lekin bu yerda bir odamning hayoti sinib ketyapti».
















