Ispaniya La Ligasining 15-turidan örin olgan markaziy bahs yakunlandi. «Atletiko» Madridda «Barselona»ni qabul qildi va minimal hisobda mağlubiyatga uçradi. Öyin oxirlarida Lionel Messining urgan goli kataloniyaliklarni yana 1-öringa qaytardi.
Ğalabadan söng «Barselona» oçkolari sonini 31taga yetkazib, töplar nisbatiga köra 1-öringa çiqib oldi. «Atletiko» esa 25 oçko bilan 6-örinda qoldi.
La Liga, 15-tur
Atletiko M – Barselona 0:1
1 dekabr, «Vanda Metropolitano»
Gol: Messi (86).
Atletiko: Oblak, Tripper, Ermoso, Felipe, Saul, Errera (Lodi, 87), Koke, Korrea (Lemar, 73), Tomas, Feliş (Vitolo, 66), Morata.
Barselona: ter Stegen, Firpo, Pike (Umtiti, 83), Langle, Serji Roberto, de Yong, Rakitiç, Artur (Vidal, 73), Suares, Grizmann, Messi.
Ogohlantirişlar: Tomas (8), Firpo (18), Korrea (21), Pike (32),. Rakitiç (51), Langle (65), Vitolo (69), Felipe (73).











