2019 yil 2 dekabr kuni tonggi soat 05:30larda “Olmaliq-Toşkent” avtomobil yölining Ohangaron tumani hududidan ötgan 6-kilometrida noma'lum haydovçi noma'lum transport vositasini boşqarayotib, yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborib yöl-transport hodisasi sodir etgan.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB xabariga köra, hodisadan söng haydovçi jabrlanuvçiga yordam körsatmasdan voqea joyidan qoçib ketgan. Piyoda olgan oğir darajadagi tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi va 117-modda 2-qismlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda noma'lum haydovçini aniqlaş yuzasidan qidiruv va suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi uşbu holat yuzasidan biror-bir ma'lumotga ega bölgan fuqarolardan jinoyatni foş etişda amaliy yordam körsatişlarini hamda (71)-267-63-79, (71)-267-63-15 yoki (98)-309-87-88 telefoniga qönğiroq qilib mavjud ma'lumotlarni taqdim etişlarini söragan. Ma'lumot taqdim etgan fuqaroning şaxsi oşkor etilmaydi.












