Kun.uz jamoasi Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida yaşovçi 17 yoşli Azizbek Rahimov xonadonida bölib, u va onasi bilan suhbatlaşdi. Suhbat davomida Azizbek bolalikdagi orzulari, kasallik bilan kuraşi va oğir kunlarda unga dalda bölgan insonlar haqida sözlab berdi.
«Oyoğimdan ayrilib qolişim mumkinligini aytişdi»
Azizbek bolaligidan sportga qiziqqan. Boks bilan şuğullanib, xalqaro musobaqalarda Özbekiston bayroğini baland kötarişni, kelajakda esa Milliy gvardiya safida xizmat qilişni istagan.
«Bolalikdagi orzum vatan himoyaçisi böliş edi. Harbiy bölişni, Milliy gvardiyada işlaşni xohlardim. Boks böyiça jahon çempioni bölib, yurtimiz bayroğini yuksaklarga kötarişni orzu qilardim», - deydi u.
Biroq Azizbek 12 yoşdaligida oyoğining tizza ostida şiş paydo böladi. Dastlabki tekşiruvlarda bu suyak ösişi bilan izohlangan va öşa joy operatsiya qilingan. Oradan uç oy ötgaç esa şu qism kökara boşlagan.
Keyingi tekşiruvlarda Azizbekka osteosarkoma - suyak saratoni taşxisi qöyiladi. Şundan söng şifoxonadagi muolajalar, kimyoterapiya va uzoq davolaniş jarayoni boşlanadi.
«Respublika onkologiya markazida beş marta kimyoterapiya oldim. Şifokorlar zudlik bilan jarrohlik amaliyoti ötkaziş kerakligini aytişdi. Oyoğimdan ayrilib qolişim ham mumkin edi. Bu gaplarni eşitib, tuşkunlikka tuşib qoldik», - deya eslaydi Azizbek.
Ovunçoği – rasm çiziş Davolaniş davrida Azizbekka ota-onasi bilan birga «Sen kuçlisan» jamoasi ham ruhiy kömak bergan. Ular ösmirni rasm çizişga jalb qilişgan, suratlarini auksionga qöyişgan.
Rassomçilik Azizbekning bugungi hayotida ham alohida örin tutadi. Onasining aytişiça, öğli içidagi keçinmalarini, aytmoqçi bölgan gaplarini qoğozga tuşiradi.
Kasallik bilan keçgan kuraşda Azizbek uçun eng katta suyançlardan biri oilasi bölgan. Hayot uning uçun nimani anglatişi haqidagi savolga ham u, avvalo, yaqinlarini tilga oladi.
«Hayot men uçun - ota-onamning baxti, oilamning xursandçiligi. Bular birinçi örinda turadi. Kasal bölib qolganimda ota-onam yonimda bölişdi», - deydi Azizbek.
«Hozir öqişga borib-kelib yuribdi»
Azizbekning onasi öğlining ahvoli yaxşilanganidan xursand. Uning aytişiça, davolaniş paytidagi şişlar qaytgan. Oila muntazam tibbiy tekşiruvlarni davom ettiryapti.
«Bemor paytida öğlimning yuzlari tölişib, şişib ketgandi. Hozirgi holati ança yaxşi, şişgan joylari qaytdi. Har ikki-uç yoki olti oyda tekşiruvlardan ötib, rentgenga tuşib turamiz. Hozir texnikumning ikkinçi kursida öqiyapti. Öqişga borib-kelib yuribdi», - deydi onasi.
Azizbek örganayotganlarini ukasiga ham örgatadi. Akasining qiziqişlari kiçik farzandni ham kompyuter va axborot texnologiyalari sohasiga qiziqtirgan.
«Ikkinçi farzandim ham akasiga mehribon. U ham akasi kabi kompyuterni, IT sohasini örganmoqçi. Akasi hozirça özi bilganlarini örgatib turibdi», - deydi ona.















