Afsonaviy şveysariyalik tennisçi Rojyer Federer hayotligida Şveytsariyaning rasmiy yubiley tangasida tasvirlangan birinçi kişiga aylandi. 38 yoşli sportçining surati 20 frank qiymatdagi kumuş tangani zarb qilişda qöllangan.
Şveytsariya zarbxonasi tomonidan hammasi bölib bunday tangalardan 55 ming dona çiqariladi va ularga talab katta bölsa, yana qöşimça 40 ming dona zarb qilinadi.
Keyinroq Federer tasviri tuşiriladigan 50 frank qiymatdagi yubiley oltin tanga çiqarilişi rejalaştirilmoqda.
“Şveytsariya va zarbxonaga bunday şaraf va iltifot uçun katta rahmat”, deb yozgan tennisçining özi tvitterda va tanga zarb qilinişi videosini ilova qilgan.
Thank you Switzerland🇨🇭and Swissmint for this incredible honour and privilege. 🙏#DankeSchweiz#MerciLaSuisse#GrazieSvizzera#GraziaSvizra pic.twitter.com/gNs6qYjOh6
— Roger Federer (@rogerfederer) December 2, 2019












