Amerika Qöşma Ştatlari zarbxonasi 16 iyul kuni Amerika taşkil etilganining 250 yilligi munosabati bilan oltin va kumuşdan Ozodlik jomi şaklidagi tanga va medalni çiqaradi. Bu haqda vazirlik saytidagi xabarda aytiladi.

Zarbxona allaqaçon 1 unsiya va yarim unsiya (15,55 g) oltin tangalar va 1 unsiya kumuş medalni çiqargan. Har bir mahsulotning adadi mamlakat uçun muhim voqea yilini aks ettiradi - 2026 dona.

«Bir unsiya oğirlikdagi «Ozodlik jomi» oltin tangasi - AQŞ eng yangi tarixidagi birinçi dumaloq bölmagan tanga. «Ozodlik jomi» uzoq vaqt davomida köplab amerikaliklar uçun erkinlik ramzi bölib xizmat qilgan, ammo heç bir ramz AQŞ tuğilişiga olib kelgan suverenitet uçun inqilobiy kuraş kabi muhim ahamiyatga ega bölmagan», deyiladi zarbxona saytida.

Old tomonida darz ketgan Ozodlik jomi va LIBERTY («Ozodlik») yozuvi tasvirlangan. Tangaga «1776 ~ 2026» sanalari va «IN GOD WE TRUST» («Biz Xudoga işonamiz») yozuvi tuşirilgan. Orqa tomonda bayram muşakbozligi fonida Ozodlik jomining asl joyi bölgan Independence Hall (Mustaqillik zali) tasvirlangan.