AQŞning 250 yilligi şarafiga mamlakat zarbxonasi amaldagi prezident Donald Tramp tasviri tuşirilgan 1 dollarlik mojaroli tangani çiqaradi. Independent naşrining yozişiça, zarb qiliş uçun tanlangan dizayn AQŞ Tasviriy san’at komissiyasi kengaşi tomonidan tavsiya etilmagan.

«Ğaznaçilik kotibi sifatida menda faqat ikkita majburiyat bor: tanganing qayeridadir «In God We Trust» (Biz Xudoga işonamiz) degan yozuvi bölişi va unda tirik odam tasvirlanmasligi kerak. Ammo 150 yillik nişonlanganida Kalvin Kulij tasviri tuşirilgan tanga çiqarilgan edi, demak, biz tangalarga tirik odamlar tasvirini joylaştirişimiz mumkin», dedi ğaznaçilik kotibi Skott Bessent.

Foto: AFP

Kulij tasvirlangan esdalik tangasi 1926 yilda, u prezidentlik davrida, AQŞning 150 yilligi munosabati bilan çiqarilgan. Bu tangalar bahs-munozaralarga sabab bölgan va ularning aksariyati keyinçalik eritib yuborilgan. Gap şundaki, qoidalarga köra, Amerika pullarida tirik odamni tasvirlaş mumkin emas.

Biroq AQŞ ma’muriyati Tramp tasviri 2020 yilda qabul qilingan «Muomaladagi va kolleksiya qiymatiga ega tangalar dizaynini qayta işlaş töğrisida»gi qonunga muvofiq 1 dollarlik tangalarda aks ettirilişi mumkinligini ta’kidlamoqda. Bu qonun Bessentga 2026 yil yanvaridan boşlab bir yil davomida 1 dollarlik tanga çiqariş vakolatini beradi.

Yanvar oyida Tasviriy san’at komissiyasi 1 dollarlik tanganing old va orqa tomoni dizaynining bir neçta variantini körib çiqqan. Komissiya a’zolari dastlab tanganing old tomoniga Trampning profildan tuşirilgan portretini joylaştirişni tavsiya qilgan edi.

Şu bilan birga, Amerika qonunçiligi tirik prezidentlarni tangada tasvirlaşni taqiqlaydi: portretni faqat inson vafotidan ikki yil ötgaç joylaştiriş mumkin. Bundan taşqari, yubiley tangalarini qayta dizayn qiliş töğrisidagi maxsus qonun tanganing orqa tomonida har qanday odamning portretidan foydalanişni man qiladi.