«Nurobod» mahallasida 940ta xonadonda 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. 2018 yilda mahallada «Obod qişloq» dasturi amalga oşirildi. Hisobotga köra, 685ta uyning fasad qismi ta'mirlandi. 42ta tungi yoritkiçlar örnatildi. 15,5 km uzunlikdagi içimlik suvi tarmoği qurildi. 16,5 km uzunlikdagi elektr simlari va 6ta transformator ta'mirlandi. Bitta yangi transformator örnatildi. 21ta Gaz taqsimlaş punktlari ta'mirlandi. Ijtimoiy sohaga tegişli bölgan 2ta maktab, 1ta bolalar boğçasi, 1ta soğliqni saqlaş obekti ta'mirlandi. 10ta bozor infratuzilmasi obekti, xususan, supermarket, minifutbol maydonçasi, hammom, gözallik saloni, milliy şirinliklar va hunarmandçilik sexi, etikdözlik ustaxonasi, göşt dökoni, quriliş mollari dökoni, avtomobillarga texnik xizmat körsatiş ustaxonasi qurildi.

«Obod qişloq» dasturi asosida bajarilgan işlar hisobotida 8,2 km yöllar joriy ta'mirlangani körsatilgan. Mahalla aholisi sözlariga köra, ta'mirlaş işlari oxiriga yetkazilmagan, çuqurçalar kömilib, önqir-çönqirlar tekislanib, şağal toş töşalgan, ammo asfalt yotqizilmay qolib ketgan.

Bugungi kunda mahalladagi markaziy yöl notekisligi köplab noqulayliklarni keltirib çiqarmoqda va odamlarni qiynab qöymoqda. Bu yöldan harakatlanayotgan transport vositalari tezda işdan çiqib, ta'mirtalab bölib qolyapti.

Yöldan kötarilayotgan çang uylarni, dov-daraxtlarni, avtomaşinalarni qoplab olmoqda. Odamlarning şikoyatiga köra, çang-tözon tufayli nafas oliş ham qiyinlaşyapti. Hatto yozning issiq kunlarida ham oyna va eşiklarini yopib ötirişga majbur bölişmoqda. Aks holda hatto tanovul qilinayotgan ovqatlarga ham çang ötirmoqda.

Bu yöldan işga boradigan kattalar, maktabga, boğçaga qatnaydigan bolalar bezib ketişgan. Çang-tözon tufayli kiyimlar bir kunda kir bölib qolmoqda. Ularni yuvib, quritiş ham muammo – osib qöyilgan kirlarga tezda çang ötiryapti.

Mahallada piyodalar yölagi ham yöq. Natijada, odamlar çang-tözonda, yölning qatnov qismidan yurişga majbur bölişyapti. Ayniqsa, bolalar yölning serqatnov va xavfli qismidan boğçaga, maktabga borayotgani ota-onalarni xavotirga solyapti.

Nurobodliklar piyodalar yölagini barpo qilib berilişini söraşmoqda.

Mahallada 15,5 km uzunlikdagi içimlik suvi tarmoği qurilgan. Toza içimlik suvi kuniga 2 mahal 2 soatdan berilyapti. Ammo içimlik suvi tarmoğiga faqat mahallaning bir qismi, ya'ni yölning quvur ötkazilgan tomonidagi uylar ulangan xolos. Yölning ikkinçi tomonidagi uylarga ulanib oliş uçun ruxsat berilmagan. Aks holda, qaziş işlari natijasida yölning qatnov qismi qoplamasi yanada buzilib ketişi mumkinligi sabab qilingan. Töğri, agar har kim yölni özboşimçalik bilan qazib taşlasa, ahvol bundanam badtar bölib ketadi. Lekin toza içimlik suvi tarmoği ötkazilsa-yu, unga ulanib oliş taqiqlansa – bu qaysi mantiqqa töğri keladi? Bu vaziyatda qandaydir muqobil yeçim topiş kerak edi. Afsuski, bu işlar qilinmagan. Bundan taşqari, yöl yoqasidagi içimlik suvi quvurlari yorilib ketgan. Qimmatli tabiiy resurs heç qanday hisobsiz zovurga oqib yotibdi.

«Nurobod» mahallasida birorta çiqindi töplaş öçoği yöq. Odamlar maişiy çiqindilarni duç kelgan joylarga, ariqlar, zovurlarga taşlamoqda yoki undan qutulişning oddiy uslubini qöllab, yoqib yubormoqda. 5 mingdan ortiq odam istiqomat qiladigan mahalladan biror marta çiqindilar olib çiqib ketilmagan. Mahalliy tadbirkorlarning çiqindi töplaş öçoğini taşkil qiliş uçun maxsus yer ajratib beriş haqidagi murojaatlari ham ijobiy hal qilinmagan.

Nurobodliklar uyali aloqa va mobil internet sifati pastligidan, ayniqsa elektr energiyasi ta'minotidagi tez-tez uzilişlar natijasida mobil aloqa juda yomonlaşib ketayotganidan ham şikoyat qilişdi.

Bundan taşqari, bolalarning böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun şaroitlar yaratilmaganidan, bolalar öynaydigan maxsus maydonçalar, kutubxona yöqligidan kuyinib gapirişdi. Töğri, mahallada «Obod qişloq» dasturi doirasida davlat xususiy şerikçiligi asosida qurilgan yangi, zamonaviy bolalar boğçasi bor. Ammo tabiiy gaz tarmoğiga ulanmagani uçun, muassasa faqat yarim quvvatda işlamoqda xolos. Xonalar sovuqligi tufayli, ota-onalar bolalarini boğçadan qaytarib olişyapti.

Nurobodliklarning bugungi kundagi ijtimoiy muammolari şunday.

Qayd etiş joizki, «Obod qişloq» dasturida bu muammolarning hal qiliş yöllari, xususan, qişloqlarni içimlik suvi bilan ta'minlaş, qişloqlarni tuman markaziga ulaydigan yöllarni quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş, qişloq içki yöllari va piyodalar yölaklarini barpo etiş va ta'mirlaş, yöllar böyini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, sanitariya inşootlarini barpo etiş kabi işlarni bajariş körsatib ötilgan.

Biroq, dastur doirasidagi işlar yakunlanganiga bir yildan ortiq vaqt ötgan bölsa-da, «Nurobod» mahallasi yöllari ta'mirlanmagan. Piyodalar yölagi ham yöq. Içimlik suvi tarmoğiga ulaniş masalasi paysalga solinmoqda. Uyali aloqa va mobil internet sifati yomon. Çiqindi taşlaş öçoği yöq, odamlar duç kelgan joylarga çiqindi taşlamoqda. Bolalarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş uçun şaroitlar yetarli emas. Afsuski, odamlar «Obod qişloq» dasturida körsatilgan qulayliklardan bahramand bölişmayapti. Dastur nafaqat qoğozda, balki amalda ham hayotga tatbiq qilinişini istamoqdalar.  

Nurmuhammad Said