Özbekiston Respublikasi prezidentining "Fuqarolarning pensiya ta'minoti tizimi samaradorligini oşiriş va pensionerlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmoniga özgartirişlar kiritiladi.

Muhokama uçun e'lon qilingan prezident farmoni loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasi prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta'minoti tizimi samaradorligini oşiriş va pensionerlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2018 yil 12 dekabrdagi PF–5597-son farmoni 1-bandi yangi tahrirda bayon etiladi.

Belgilab qöyilişiça, 2019 yil 1 yanvardan boşlab barça işlovçi pensionerlarga, 2020 yil 1 yanvardan boşlab Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qömitasining pensiya oliş huquqini beradigan xizmat muddatini ötab, xizmatdan böşatilgan hamda yoşga doir pensiya oluvçi pensionerlari şahodatlangan lavozimlar hisobidan xizmatga qayta qabul qilingan taqdirda ularga pensiyalar töliq miqdorda tölanadi.

Amaldagi hujjatga köra, 2019 yil 1 yanvardan boşlab barça işlovçi pensionerlarga pensiyalar töliq miqdorda tölanişi belgilab qöyilgandi.