Oliy Majlis Qonunçilik palatasida yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksi loyihasiga kiritilayotgan özgarişlar, ularning mazmun mohiyatiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.

Matbuot anjumanida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida soliq qonunçiligi normalari qöllanişini soddalaştiriş, undagi ziddiyatlar va tuşunmovçiliklarni tugatiş, insofli soliq tölovçilar manfaatlarini himoya qiliş, soliq nazoratining şakl va mexanizmlari, soliq obektlari, soliq tölovçilarning hisobini yuritişni ta'minlaydigan AKTni keng joriy etiş bilan boğliq bir qator muhim yangiliklar nazarda tutilyapti.

Loyihada soliq tölovçilar hamda soliq organlarining huquq va majburiyatlari aniqlaştirildi. Soliq tekşiruvi turlari 13dan 3 turgaça qisqarmoqda.

Bundan taşqari, kiritilayotgan yangiliklarga köra, soliq organlari tomonidan ortiqça undirilgan summalarga har bir ötgan kuni uçun soliq tölovçiga foiz tölanadi. Xorijiy sayyohlar Özbekistonda sotib olingan tovarlarga hisoblangan qöşimça qiymat soliği (QQS) «Tax free» tamoyili asosida qaytariladi. Mulkni (xizmatlarni) beğaraz ravişda topşirişda tölanadigan QQS bekor qilinmoqda. Davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan korxonalar tomonidan tölanayotgan yagona ijtimoiy tölov 25 foizdan 12 foizga tuşirilyapti.

Loyihada soliq organlari tomonidan soliq tölovçining bankdagi hisob varaqlari böyiça operatsiyalarni 30 kundan oşmagan muddatga töxtatib turiş nazarda tutilmoqda. Bunda soliq tölovçining tijorat banklaridagi hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarni 30 kundan ortiq muddatga töxtatib turiş töğrisidagi qaror soliq organining iltimosnomasi asosida sud tomonidan qabul qilinişi mumkinligi belgilanmoqda.

Şuningdek, soliq soliş maqsadida barça bitimlar va soliq tölovçi kirişadigan boşqa iqtisodiy munosabatlar, ularning yuridik jihatdan rasmiylaştirilişi usulidan qat'i nazar, özining haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib çiqqan holda hisobga olinişi böyiça yangi me'yor kiritilmoqda.

Soliq huquqbuzarliklarini amalga oşirayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qöllaş tartibi qayta körib çiqilmoqda.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida soliq nizolarini sudgaça hal qiliş tartibi ham aniqlaştirilmoqda. Ya'ni, soliq nizolarini sudgaça muhokama qilişni majburiy ötkaziş tartibini joriy etiş közda tutilmoqda.

Umuman, matbuot anjumanida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida aks etgan şu va boşqa köplab yangiliklar, muhokamalarda bildirilgan hamda bevosita parlament quyi palatasi deputatlari taklifi bilan kiritilayotgan özgarişlar xususida ham atrofliça töxtalib ötildi.

Ta'kidlanganidek, loyihani ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, qömitalar majlislarida, şuningdek, joylardagi muhokamalar jarayonida deputatlar, tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar va mutaxassislar tomonidan 300dan ortiq taklif va mulohaza bildirildi. Mazkur takliflar qonun taşabbuskorlari bilan işçi guruhlarida körib çiqilib, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasiga 70dan ortiq tahririy va konseptual özgarişlar kiritildi. Jumladan, loyihadagi soliq qarzdorligi keçiktiriş yoki bölib-bölib tölaşga ruxsat beriş vakolati Davlat soliq qömitasiga taqdim qilinişi taklif etilgan edi.

Muhokamalardan söng yirik korxonalarning soliq qarzdorligini keçiktiriş yoki bölib-bölib tölaş böyiça ruxsat beriş vakolati Davlat soliq qömitasiga, qolgan soliq tölovçilar böyiça esa, hududiy moliya va soliq organlarining xulosasi asosida Xalq deputatlari viloyat kengaşiga berilişi közda tutilmoqda.