Oliy Majlis Qonunçilik palatasida yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksi loyihasiga kiritilayotgan özgarişlar, ularning mazmun mohiyatiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.
Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov Soliq kodeksi loyihasida nazarda tutilgan soliq tölovçilarning tovlamaçilik xatti-harakatlarining, şu jumladan tovar-moddiy boyliklarini bepul berişni, rahbarlar va ularning oila a'zolari va boşqalarning ehtiyojlari uçun tovar-moddiy boyliklarini sotib oliş holatlarining oldini olişga qaratilgan çoralar va ularning qanday amalga oşirilişiga oydinlik kiritdi.
«Qöşilgan qiymat soliği bir tomonlama tartibga soluvçi soliq bölgan bölsa, narx-navoga qarab turadi. QQS kirganidan keyin juda katta foyda qilib bölmaydi. Foydangiz qança köp bölsa, şunça köp soliq tölaşingizga töğri keladi.
Ikkinçi tomondan, har bir korxona şu narsadan foydalanişga harakat qiladi, köproq foydalanişga harakat qiladi.
Uning [QQSning] tovlamaçilik funksiyasi köpayib ketmasin degan savol çiqyapti. Şuning uçun hozir Yevropa mamlakatlari, boşqalarning tajribalarini örganganimizda tovlamaçilikka qarşi normalar bor. Öşa normalardan bittasi – agar korxona özi, direktori, oila a'zolari uçun biror nima sotib olayotgan bölsa, uning qöşilgan qiymat soliğini hisobga olmaslik normalari kiritilyapti. Şu jumladan, avtotransport, vertolyot va hokazolarni olganda biz aytyapmizki, bu narsaning QQSini hisobga oliş mumkin emas. Sotib olişiga qarşiligimiz yöq, lekin bir narsaga e'tibor qarating. QQS böyiça hisobga olişga ruxsat bermaymiz», deya Dilşod Sultonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












