«Konsolidatsiya böyiça tölaş foyda soliği böyiça kiritilyapti. Bu yangi norma. Tadbirkorlardan çiqqan taklif. U nima degani?
Beşta xöjalik sub'yekt, bir-birida uluşi bor. Ularning har biri foydani alohida tölayapti. Biri foyda bilan çiqqan bölişi mumkin, biri zarar bilan.
Baholaş bilan şuğullanmoqçi bölsam, alohida kompaniya oçişim şart. Audit bilan şuğullanmoqçi bölsam, alohida kompaniya oçişim mumkin. Ana şu narsani aytganda, klaster tizimi tez joriy etilyapti.
Agar beşta korxona birgalaşib, konsolidatsiya guruhida işlamoqçi bölsa, ular foyda soliğini bitta soliq tölovçida tölaydi.
Yer soliği, mulk soliğini har biri özi tölab kelaveradi. Lekin foyda soliğini birlaşib hisoblaydi va bitta korxona hisobidan topşiradi.
Bu yerda boşqa tomoni ham bor. Agar şu bitta korxonaga yuklatilgan bölsa, öşa korxona bajarolmasa, boşqa korxonadan undirişi ham bor.
Şu narsani inobatga olgan holda, konsolidatsiya guruhini ham 2022 yildan kiritiş, joriy etiş taklifi böldi», dedi Dilşod Sultonov.
Moliya vaziri örinbosari dividendlarga kiritilayotgan özgarişlarga ham töxtalib ötdi.
«[2020 yilning] 1 yanvardan dividendning tartibini özgartiryapmiz. Kaskadni olib taşlayapmiz. Oldin uçta korxona bir-birida uluşi bölsa, birinçi korxona foydasini taqsimlaganida dividend tölab berardi, u keyin keyingisiga tölaganida olgan foydasidan yana bir marta dividend tölardi. Öşa kaskadni olib taşlayapmiz. Agar uçta korxona bir-birining tagida bölgan bölsa, tepasidagi dividendni hisoblaganda keyingi korxona uni hisobga oladi», deya Dilşod Sultonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












