30 noyabr kuni Kun.uz saytida «Qiş sovuği etni junjiktiradi, Sirdaryoda esa bir oila poxol ustida jon saqlamoqda» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Unda juda xarob holdagi betonli binoda 3 yildan buyon farzandlari bilan yaşab kelayotgan mirzaobodlik Rözixon Alişeva haqida hikoya qilingan va uning oilasi uçun xayriya aksiyasi boşlangan edi.

Oradan bir hafta ötar-ötmas Rözixon opa tahririyatimiz bilan boğlandi. Uning aytişiça, tuman hokimligi tomonidan şu yilning 20 dekabriga qadar berilişi va'da qilingan uy belgilangan muddatga qolmay oila a'zolariga topşirilgan. Şuningdek, bir neça kun içida xayriya aksiyasi orqali rözğorning kam-köstini töldiriş, hatto kiçik bir tadbirkorlik faoliyatini boşlaşga ham yetarli mablağ yiğilgan.

Yangi xonadonni öz közimiz bilan köriş va oila uçun yaratilgan şaroitlar bilan öquvçilarimizni ham taniştiriş haqidagi taklifga köra, qahramonimiz köçib borgan yangi manzilda böldik.

Borgan manzilimiz Sirdaryo viloyatining hozirda katta quriliş maydoniga aylangan  Xovos tumani. Bu yerda Özbekiston prezidentining şu yil fevral oyida Sirdaryoga qilgan taşrifida bergan topşiriği böyiça jami 100 gektar maydonda Xovos tumanining yangi markazi qurilmoqda.

Qahramonimizga yangi markaz hududida qurilgan va hozirda yakuniy jihozlaş işlari davom etayotgan namunali uylardan biri topşirilgan.

Uy 3ta xonadan iborat. Şuningdek, oşxona, yuviniş xonasi va qöşimça binolarga ega. Bizga aytilişiça, namunali uylar qurilişi töliq tugallanişi bilan hududda bolalar uçun maydonça va madaniy hordiq çiqariş maskanlari ham quriladi.

Umuman olganda, qulay imkoniyat va şaroitga ega yangi xonadon maqolamiz qahramoni bölgan oila a'zolariga haqiqiy quvonç olib kelgani ularning yuz-közlaridan şundoq körinib turibdi.

 «Avvalo, bir oila taqdiriga befarq bölmay yordam körsatgan, qöllab-quvvatlagan barça yaxşi insonlarga minnatdorçilik bildiraman. Şu örinda prezidentimiz va tuman rahbarlariga ham katta rahmat aytaman.

Maqola çiqqaç oradan 3 kun ötib yangi uyga köçib keldik. Köçişimizga esa Mirzaobod va Xovos tuman hokimligi mutasaddilari katta yordam berişdi.

Şuningdek, Özbekistonning turli joylari, Qozoğiston, Rossiya kabi davlatlardan ham yurtdoşlarimiz telefon qilib turişdi.

Yangi uyimizda yaşaş uçun hamma şaroit yetarli.

Endilikda ikki qizimni maktabga, kiçik farzandimni boğçaga joylaştirib olsam, özim esa biror iş topib işlaşni maqsad qilib turibman», deydi qahramonimiz.

Prezidentning «Aholini kam ta'minlangan qatlamlarini qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora tadbirlar töğrisida»gi PQ-3268-son qarori böyiça tuman hokimligi tomonidan uyga muhtoj oilalar örganib çiqilgan.

Rözixon Alişevaga ham şu qaror asosida yangi qurilgan namunali uylardan berildi. Bundan taşqari, tumanda yana 22 nafar kam ta'minlangan ayollarga uy olişlari uçun boşlanğiç badallari tölab berilgan. Ular ham yangi yilgaça öz uylariga köçib ötadi», deydi Mirzaobod tuman hokimligi xotin-qizlar qömitasi boş mutaxassisi Laylo Xidirova.

Endilikda yangi uyli, öz tili bilan aytganda «vatanli» bölgan Rözixon opa işga joylaşib hayotini yangidan yölga qöyişni rejalaştirmoqda.

«Menga qiyin damlarda şu xalqimiz, yaxşi insonlar yordam, dalda berdi. Bundan buyon qölimdan kelganiça muhtojlarga yordam berib, yaxşilik yölida xizmatda bölaman», dedi Rözixon opa.

 Oiladagi ikki qiz – Gulnora va Sevinç tegişli hujjatlar tayyor bölişi bilan yangi maktabda öqişini boşlaydi. Ular kelgusida oliy ta'lim muassasasiga kiriş uçun tayyorgarlikni hozirdan boşlaşmoqçi. Eng kiçik farzand – Murodjon esa Xovos tuman hokimligi mutasaddilari kömagi bilan mahalla hududidagi maktabgaça ta'lim muassasasiga qatnaydigan böldi.

Bu haqda Xovos tuman hokimligi xotin-qizlar qömitasi boş mutaxassisi Gulsara Bobojonova şunday deydi: «Tumanimizga köçib kelgan Rözixon Alişevaning maktab yoşidagi farzandlari mahallaga eng yaqin hududdagi maktabga joylaştirildi.

Şuningdek, uni işga joylaştiriş uçun hujjatlarini tikuv sexiga topşirdik. Tez kunlarda ijobiy javob beriladi. Boğça yoşidagi farzandi esa Xovos tumanining yangi markazi hududidagi boğçaga joylaştirilmoqda».

Sirdaryodan yaxşi kayfiyatda, murojaat natijasidan könglimiz tölib qaytdik. Şu örinda biz ham inson taqdiriga befarq bölmagan aziz yurtdoşlarimizga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz. Qilgan xayriyalaringiz umringizga umr, rizqingizga rizq, xonadoningizga tinçlik-xotirjamlik ato etsin. Yaxşilik qilişdan çarçamang, tolmang, aziz yurtdoşlar!

Ilyos Safarov,
Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi – Nuriddin Nursaidov.