AQŞ prezidenti Donald Tramp Jahon bankiga Xitoyga kredit berişni töxtatişni sörab murojaat qildi.
«Jahon banki nega Xitoyga pul beradi? Şunday bölişi mumkinmi? Xitoyning puli köp, agarda puli bölmasa, çiqarib olaveradi. Bas qiling!», - deb yozdi Tramp tvitterda.
Odatda Jahon banki rahbari uşbu taşkilotning 16 foiz kapitaliga ega bölgan AQŞ vakili hisoblanadi.
Avvalroq Xitoy Donald Tramp Hongkong töğrisida inson huquqlari va demokratiyani himoya qiliş hamda u yerga politsiya ekipirovkalarini jönatişni taqiqlaş töğrisidagi qonunlarni imzolagani bois AQŞga nisbatan sanksiyalar kiritişini ma'lum qilgandi.












