2019 yilning 9 dekabr kuni soat 09:19da Toşkent şahri Sergeli tumani Nilufar 3-tor köçasida joylaşgan “Green trade expor” MÇJga qaraşli metall mahsulotlari işlab çiqariş sexida yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, xabar asosida voqea joyiga 4ta yonğin öçiriş bölinmalari yuborilgan. Birinçi bölinmalar çaqirilgan manzilga soat 09:25da yetib borgan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 09:34da qurşab olinib, soat 09:38da töliq bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida metall mahsulotlari işlab çiqariş sexining 60 kv. metr maydoni yongan. Tan jarohati olganlar va halok bölganlar qayd etilmagan.
Yonğinning taxminiy sababi - payvandlaş işlarini olib borişda yonğin xavfsizligi qoidalarining buzilişi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












