UzAuto Motors tumanli ob-havoda avtomobil boşqariş böyiça 5 maslahat berdi.

Qayd etilişiça, sönggi vaqtlarda tabiatimizda tuman tuşişi hodisasi tez-tez yuz bermoqda. Bu haydovçilar uçun qöşimça qiyinçiliklar tuğdiradi. 

Ammo quyidagi oddiy tavsiyalarimizga amal qilsangiz muammoni osongina hal etişingiz mumkin, deyiladi kompaniya xabarida.

Ular: 

yölga çiqişdan avval çiroq moslamalarini tekşiring. Yoqib köring, taşqi tekşiruv ötkazing. 

yölda tumanga qarşi faralarni albatta yoqib oling. Avtoulovdagi barça yoritgiçlarni işga tuşiriş şart emas, sababi tuman barça yoruğlikni özingizga qaytarib, yöl hodisasi yuzaga keliş ehtimolini oşiradi. 

tumanli hududga kirişdan avval iqlim-nazorati: peç yoki konditsionerni yoqing. Ular kondensat yuzaga kelişining oldini oladi. 

zarur holatda tezkor qaror qabul qiliş uçun masofani saqlang. Masofa kattaroq bölgani maqsadga muvofiq.

yölda şoşilmang. Yuqori tezlikda harakatlanganda yölni köriş imkoniyati past şaroitda tezkor çora qabul qiliş murakkab böladi.