Yöllar holati – har qanday davlatning rivojlaniş darajasini körsatib beruvçi muhim omillardan biridir. Odamlar har kuni transportda, velosipedda yoki piyoda işga, yumuşga, öqişga boradi. Agar yöllarning holati yaxşi bölsa, odamlarning oğiri yengillaşadi, uzoği yaqinlaşadi, turmuş şaroiti yaxşilanadi, turli qulayliklardan bahramand bölişadi. Yomon bölsa-çi? Yöllar rasvoligi natijasida yengili oğirlaşayotgan aholining kayfiyati qanday bölişi mumkin?

Kun.uz tahririyatiga kelgan murojaatlardan biri aynan şu mazmunda böldi. Unda Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, Pitnak şaharçasidagi «Sayapr», «Şexlar», «Saidlar» mahallalarida yöllarning abgor ahvolga kelib qolganidan şikoyat qilingan edi. 

Uçta mahallani boğlab turgan bu yöl taxminan 7-8 km uzunlikka ega. Yillar davomida uning asfalt qoplamasi yemirilib, töliq yaroqsiz holatga kelib qolgan. Issiq va quruq mavsumda bu yöllar çang-tözon bilan qoplanmoqda, yomğirli kunlarda loyga bulğanib, ötiş qiyin bölgan botqoqqa aylanmoqda. Bu yöldan harakatlanayotgan transport vositalari tezda işdan çiqib, ta'mirtalab bölib qolyapti.

Serqatnov yöldan kötarilayotgan çang uylarni, dov-daraxtlarni, avtomaşinalarni qoplab oladi. Mahalla aholisi şikoyat qilişiça, çang-tözon tufayli nafas oliş ham qiyinlaşib qolgan. Odamlar yozda ham oyna va eşiklarini yopib ötirişga majbur. Aks holda ovqatga ham çang ötirmoqda. Çang-tözon oqibatida nafas yöllari bilan boğliq bölgan turli kasalliklar köpayib borayotgan bölsa ham ajab emas.

Bu yöl böylab işga boradigan kattalar, maktabga qatnaydigan bolalar bezib ketişgan. Çang tufayli kiyim-boşlari bir kunda kir bölib qolmoqda. Ularni yuvib, quritiş ham muammo. Boğda quritiş uçun osib qöyilgan kirlarga tezda çang ötirib, yana yaroqsiz holatga keltiryapti.

Mahallada piyodalar yölagi ham yöq. Natijada, odamlar çang-tözonda, yölning qatnov qismidan yurişga majbur bölişyapti. Ayniqsa, bolalarning yölning serqatnov va xavfli qismidan boğçaga, maktabga borayotgani ota-onalarni xavotirga solyapti.

Bu yöllarga suv sepib, namlab, çang-tözonni kamaytiriş mumkindir? Xorazm viloyatining issiq va quruq iqlimida bu qisqa vaqt samara beradi xolos. Yöl tezda qurib, yana çang-tözon bilan qoplanadi. 

Sönggi yillarda aholining köpayişi, transport vositalari sonining keskin oşişi natijasida yöllarning eskirişi ham tezlaşdi. Ularni ta'mirlaş masalasi Özbekiston uçun kun tartibidagi ötkir muammoga aylandi. Respublika, viloyat ahamiyatidagi yöllar baholi qudrat ta'mirlanayotganini köryapmiz. Ammo tumanlar ahamiyatidagi, ayniqsa aholi yaşaş joylaridagi içki yöllarning ahvoli açinarli. Bu masala odamlarning turmuşida juda köp noqulayliklarni keltirib çiqaryapti. Mahalliy hokimliklar va yöllarni ta'mirlaş bilan şuğullanuvçi taşkilotlar muammoga bir xil mazmunda izoh berişmoqda – mablağ tanqisligi, asfalt qoplamasi yoki bitum yetişmasligi. Yöllarning ahvoli esa kundan-kunga yomonlaşib boryapti.

Pitnak şaharçasidagi «Sayapr», «Şexlar», «Saidlar» mahallalaridagi yöl muammosini mutasaddi taşkilotlar örganib çiqib, ijobiy hal qilişadi degan umiddamiz.

Nurmuhammad Said