Toşkent şahrining Yunusobod tumanida joriy yilning 8 dekabr kuni tuman prokuraturasidan hujjatlar tuşgan. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
Ularga köra, şu yil 1 avgust kuni Yunusobod tumanida yaşovçi, 1952 yilda tuğilgan fuqaro T.R. va birga yaşovçi jiyani, 1979 yilda tuğilgan fuqaro U.R. Samarqand viloyatida yaşovçi, 1950 yilda tuğilgan S.O. ismli ayolga Yunusobod tumanida qurilayotgan yangi turar-joy kompleksidan uy olib berişni va'da qilib, undan 50.000.000 söm pulini olganlar va şu kunga qadar bergan va'dalarini bajarmasdan, pullarni öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborganliklari körsatilgan.
Firibgarlikda gumonlanuvçi fuqarolar T.R va U.R. uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











