Eron taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Abbos Musaviy Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Eronda qölga olingan fransuzlarni ozod qiliş töğrisidagi talabini rad etdi.
Bir kun avval Makron Eronda qölga olingan fransuz tadqiqotçilarini zudlik bilan ozod etişni talab qilgandi.
"Fransuzlar Eron suveren davlat ekanligini, na bizning hukumat, na sud hokimiyati özgalarning hattoki tavsiyasini ham qabul qilmasligini unutmasligi lozim. Bizning içki işlarimizga aralaşiş ham nomaqbul hisoblanadi", - deb yozdi Musaviy Twitter sahifasida.
Sciences Po siyosiy tadqiqotlar institutining ikki xodimi - fransuz Rolan Marşal hamda Fransiya va Eron fuqaroligiga ega Fariba Odilxoh Eron hukumati tomonidan milliy xavfsizlikka qarşi fitna tuzişda ayblanib qölga olingandi.
Odilxoh iyulda qölga olingan, Marşalning qölga olingani haqida esa oktyabrda ma'lum bölgandi.












